Bahodir Nasimov: Neftchiga qarshi o'yin og'ir o'tdi
07 mar 2016 10:00
Yangiliklar


Bahodir Nasimov: Neftchiga qarshi o'yin og'ir o'tdi
"Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng maydon egalari hujumchisi Bahodir Nasimov o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Oliy liganing 1-turi hech qachon oson bo'lmaydi. Buni ustiga OCHLda Al Nasrga yutqazib qo'ygandik. SHu bois g'alaba bizga ruhiy tomonlama juda zarur edi. Barcha yigitlar bor kuchi bilan harakat qildi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Neftchi - yaxshi jamoa, ammo biz xato qilishga haqqimiz yo'q. O'z oldida yuqori maqsadlar qo'ygan jamoa har bir o'yinda g'alaba qozonishi kerak, - deydi Bahodir Nasimov.
Omonjon To'xtamirzaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar