Bahodir Nasimov: "Murabbiy meni kubok uchun asragan edi"
03 dek 2014 17:29
Yangiliklar


Bahodir Nasimov: "Murabbiy meni kubok uchun asragan edi"
Kecha Eron chempionatining 10-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Bahodir Nasimov jamoadoshining goliga assistentlik qilib, "Padidex"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Aslida uchrashuvda ishtirok etmasligim kerak edi. Bosh murabbiyimiz o'yindan avval meni kubok uchun asrayotganini aytib o'tgan edi. Ammo hisob 2:1 bo'lib turgan paytda maydonga tushirishga qaror qildi. "Malavan"ga qarshi o'yinning 80-daqiqasida o'zimiz uchun kerakli bo'lgan golni urib oldik. Aslida birinchi ligadan chiqqan jamoa uchun 10-o'rin yomon emas. Eron chempionatining kuchini bu erga kelib bildim. Maqsad kubokni qo'lga kiritish, ammo bu oson emas. Kubok chempionlar ligasiga yo'llanma beradi, shuning uchun unga bo'lgan etiborjuda katta", - deydi Nasimov kechagi uchrashuvdan so'ng saytimizga bergan intervyusida.

Fikrlar