So’nggi yangiliklar

01:00Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  0 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  0 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  1 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  44 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  5 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  5 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  4 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  46 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0

Bahodir Nasimov: “Katta ehtimol bilan Qatarga ketaman" Yangiliklar

Bahodir Nasimov: “Katta ehtimol bilan Qatarga ketaman"

O'tgan haftada “Bunyodkor” futbolchisi Sardor Rashidov Qatarning “Al Jayish” jamoasi bilan uch yillik shartnoma tuzib qaytganidan xabaringiz bor.

Yangi mavsumning o'zidayoq Qatar yulduzlar ligasida Rashidovdan tashqari yana boshqa hamyurtimiz ham paydo bo'lishi kutilmoqda. Gap Bahodir Nasimov haqida ketmoqda. O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi hisoblangan ushbu hujumchi bunga qadar Eron Pro ligasida “Padideh” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi. Mavsum yakuniga etgach futbolchimizning eronliklar bilan tuzgan shartnomasi tugagandi. Natijada unga Qatarning “Al Garafa” jamoasi qiziqish bilan qaray boshladi. SHuningdek, ushbu mamlakatning yana bir klubi ham Nasimovni o'z safida ko'rishni istamoqda. Bahodir bilan bog'langanimizda esa shunday dedi:

-  CHindan ham menga Qatar jamoalaridan yaxshi takliflar bor. Bu bilan agentim jiddiy shug'ullanyapti. Bugun yoki ertaga rasmiy taklif yuborishi kutilyapti. Ular menga tayyor shartnomani yuborishmoqchi. Nazarimda, shu kunlarda hammasi hal bo'ladi”.

Voqealar rivoji tezlashayotgani ko'rinib turibdi. Aftidan u “Padideh” jamoasi bilan xayrlashgan ko'rinadi. Ammo ular ham futbolchimiz bilan hamkorlikni yana davom ettirish niyatida edilar. Lekin unga yanada qiziqarli takliflar kelib tushmoqda. Albatta, Nasimov Eron chempionatida yomon taassurot qoldirgani yo'q. SHu bois ham hujumchimizga bo'lgan qiziqish ortib boryapti. Unga taklif bilan chiqayotgan jamoalar esa sizga ham qiziq tuyulayotgandir. Bu xususida Nasimovga murojaat qilganimizda undan quyidagi javobni oldik:  

- Men uchun eng yaxshi variant sifatida qatarliklarni aytgan bo'lardim. Muzokaralardan shu narsa malum bo'lyaptiki, ko'proq Qatarga ketishim oydinlashib boryapti. SHuningdek, Ozarbayjon va Qozog'istondan ham takliflar bor. Darvoqe, o'zimizni oliy ligadan ham chaqiruvlar bo'lyapti. Lekin Qatarga ketishim 99 foizga hal bo'lib qoldi desam ham yanglishmasam kerak. Agentimning yakuniy javobini kutib o'tiribman. “Al Garafa” ham men bilan jiddiy qiziqyapti. SHuningdek, yana bir jamoasi ham aloqaga chiqqan, dedi – Bahodir.

SHuni aytish kerakki, qatarliklar futbolchimizning o'yinini ancha paytdan beri kuzatib kelishayotgandi. O'z navbatida Bahodirga ham Qatar chempionati juda qiziq bo'lib ko'rinmoqda. Albatta, hali yakuniy qarorga kelingani yo'q. SHunga qaramasdan, muzokaralarning oxiri ijobiy ko'rinish olishi kutilmoqda. Nasimovning o'zi ham tez orada Qatarga yo'l olishga tayyorgarlik ko'ryapti. Demak, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

FIRDAVSXON 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика