So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Bahodir Nasimov: "Fulad"ning taklifi jiddiy bo'lib chiqdi" Yangiliklar

Bahodir Nasimov: "Fulad"ning taklifi jiddiy bo'lib chiqdi"

Bir necha mavsumni Ozarbayjon chempionatida o'tkazib to'purarlik mahoratini ko'rsata olgan hamyurtimiz Bahodir Nasimov uchun oxirgi oylar ko'ngildagidek o'tgani yo'q.
CHunki jarohatlar uni qiynab qo'ygandi. Buning ustiga “Neftchi” bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etgani sababli o'ziga yangi jamoa qidirayotgandi. SHu bois hujumchimiz malum vaqt maydondan tashqarida yurishga majbur bo'ldi. Qolaversa, jarohat ham unga halaqit qildi. Bu orada uning mahalliy “Inter” bilan kelishuvga erishishi haqida ham xabarlar paydo bo'ldi. Ammo hadeganda Nasimovning ushbu jamoaga o'tishi amalga oshavermadi. Keyin bilsak, muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topmagan.

SHunga qaramasdan Bahodirga takliflar etarlicha bo'ldi. O'tgan haftaning juma kuni esa u Eronga jo'nab ketdi. “Fulad” klubi futbolchimizga jiddiy qiziqish bildirib uni taklif qildi. SHu sababli Nasimov shu kunlarda yangi klub bilan shartnoma tuzadi. Malumki, “Fulad” Eronning etakchi klublaridan biri sanaladi. CHempionlikni qo'lga kiritgan jamoa har doim o'z oldiga ana shunday yuksak maqsadlarni qo'yib keladi. Bu yo'lda esa hamyurtimizning xizmatiga ehtiyoj sezishmoqda. Bunga qadar Bokuda bo'lib turgan Bahodir bilan Eronga ketishidan bir kun oldin bog'lanib suhbatlashdik.

“NEFTCHI”DA TO'RT YIL O'YNAGANIM BOIS ULARDAN YUZ O'GIRA OLMAYMAN”
- Bahodir, qachon yangi klubga ko'chib o'tasiz? Bungacha o'z jamoangizga ega bo'lishingiz kerak edi, shunday emasmi?
- Bu boradagi ishlarimiz shu kunlarda hal bo'ladi. Rostini aytsam, o'zim ham kutaverib charchab ketdim. Doim ertaga, ertaga deyaverishdi. Tezroq yangi shartnomaga ega bo'lib o'ynagim kelyapti.



- Nima uchun ishlaringiz cho'zilib ketdi?
- Yaqinda internet orqali agent men bilan aloqaga chiqib, “sening “Inter” bilan shartnomang bor ekan” dedi. Vaholanki, mening hech qanday jamoa bilan shartnomam yo'q edi. Buni agentga yaxshilab tushuntirdim. Demoqchimanki, ko'pchilik mening shartnomasi bor deb o'ylab, o'z jamoasiga taklif qilishmagan. Hammasi malum bo'lgach, qiziqishlar yana boshlandi.

- Sizningcha, bunday soxta malumot qaerdan paydo bo'ldi?
- Men ham buni bilmayman. Ko'pchilikka “Inter” bilan shartomaga ega emasman, erkin agentman deganimdan keyin ishonishdi.

- “Inter” bilan muzokaralarning oxiri berk ko'chaga kirib qolganmidi?

- Ha. Ozgina jarohatim bor edi. Klub esa tayyor futbolchini qo'lga kiritmoqchi bo'ldi. CHunki Evropa ligasida o'ynashi kerak edi. Mening sport formamni tiklab olishim uchun ham vaqt kerak edi. SHu sababli “Inter” shartnoma tuzishni istamadi.

- Hozirgi paytda qanday ahvoldasiz?
- Yaxshiman. Mashg'ulotlarni bajaryapman. Engil atletika bo'yicha murabbiyim bor. O'sha bilan shug'ullanib turibman.

- Jamoasiz shug'ullanish sizga qanday tuyulyapti?
- Men uchun eng asosiysi, tezroq sport formamni tiklab olishim muhim. Tez kunlarda vaziyat o'zgarib ishim hal bo'ladi. SHu bois tayyorgarlim joyida bo'lishi kerak.

- Bundan buyon Ozarbayjonga qaytib bormoqchi emasmisiz?
- Bilmayman. Nima bo'lishini Xudo biladi. Ayni paytda men bilan boshqa klub qiziqyapti. Bu Ozarbayjon chempionatidan emas. Yangi jamoam bilan bir yilga shartnoma tuzaman. 



- Nima uchun bir yilga?
- Hozircha bir yilga mo'ljallagan shartnoma tuzmoqchiman. U yog'ini vaqt ko'rsatadi. O'zimni ko'rsata olsam, yanada yaxshiroq jamoalarga o'tishim mumkin.

- Faoliyatingizning muvaffaqiyatli onlarini o'tkazgan “Neftchi” bilan munosabatingiz qanday?

- U erdagi do'stlarim va klub prezidenti bilan gaplashib turaman. “Neftchi” pley-offda “Partizan”ga yutqazib qo'ydi. Agar yutganida Evropa Ligasining guruh bosqichiga chiqqan bo'lardi. Afsuski, imkoniyatdan foydalana olishmadi. Nima bo'lganda ham ularga omad tilayman. “Neftchi”da to'rt yil to'p surganim bois ulardan yuz o'gira olmayman. Balki vaqti kelib u erga yana qaytib borishim ham mumkin. Axir futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

“FULAD”NING QIZIQISHI BOSHQALARNIKIDAN JIDDIY BO'LIB CHIQDI”

- Faoliyatingizni Eronda davom ettirishingiz haqida malumotga egamiz...
- To'g'risini aytsam, Eron jamoalarining saviyasi yaxshi. Bu mamlakatdan chaqiruv men uchun yangilik bo'lgani yo'q. Agentim “Fulad” jamoasidan yaxshi taklif bo'layotganini aytdi. Qaerda bo'lsam ham yaxshi o'yin ko'rsatib o'zimni ko'rsatishim kerak. To'rt oy hech qaerda o'ynay olmadim. Jarohat meni qiynab qo'ydi. Endi esa tezroq safga qaytishim hamda avvalgidek salohiyatimni ko'rsatishim lozim.

- Bungacha “Fulad” haqida nimalarni bilardingiz?
- Bu jamoadan taklif bo'lgach albatta klub haqida qiziqib ko'rdim. “Fulad” CHempionlar ligasida “Bunyodkor” bilan o'ynaganini bilaman. Eron chempionligini qo'lga kiritgani jamoaning kuchli ekanligini bildirib turibdi. SHu sababli “Fulad” azosiga aylanishga yaqin turibman.

- Bosh murabbiy bilan gaplashdingizmi?
- Albatta. Xorvatiyalik Draga Skochich menga ishonayotganini va tezroq qo'shilishim kerakligini aytdi. U o'z vaqtida Xorvatiya terma jamoasida ham ishlagan. Tezroq sport formamni tiklab yordam bermoqchiman.



- “Fulad”dan tashqari yana qanday takliflar bo'ldi?
- Rosti, qiziqishlar ko'p bo'ldi. Ammo hech biri aniq emasdi. Kimdir u deydi, kimdir bu deydi. Takliflar orasida eronliklarniki jiddiy bo'lib chiqdi. U erga borganimdan so'ng bir-ikki kun mashg'ulotlarda qatnashaman va shartnoma tuzamiz. Lekin borishim bilan shartnoma tuzishim kerak. Ular menga buni tayyorlab qo'yishgan.

- Eronga qachon ketasiz?
- Ertaga ertalab ketaman (Suhbat 18 sentyabrda bo'lgan). Ozarbayjonga yaqin bo'lgani uchun bu erga kelib ketaveraman. Men uchun muhimi tezroq maydonga qaytish. Negaki, to'rt oy o'ynamaganim bois futbolni rosa sog'inganman.

- Oliy ligamizga qaytish varianti yo'qmidi?

- Variant yo'q emasdi. Lekin legioner sifatida to'p surishni xohladim. O'zbekistonlik futbolchilarning boshqa mamlakatlarda to'p surib o'zini ko'rsatishi bu o'zimiz uchun ham foydalidir. Xorijda yurtimiz obro'sini yanada ko'tarmoqchiman.

- Ozarbayjonda legioner sifatida to'p surib ozmi-ko'pmi, o'zingizni ko'rsata oldingiz. Bundan qoniqish hosil qilgandirsiz?
- Albatta. Legioner bo'lib o'ynaganim bois ijobiy tomonga o'zgarishlarni his qildim. “Neftchi”da Braziliya va boshqa mamlakatdan kelgan yaxshi legionerlar bor edi. Ulardan ham o'zim uchun ko'p narsalarni o'rgandim.

- Ozarbayjon chempionatida to'purar bo'lgan hujumchisiz. SHu bois Eronda ham sizdan ana shunday sermahsullikni kutishlari tabiiy hol.
- Buni yaxshi tushunib turibman. O'zimni ko'rsatish haqida tinmasdan o'ylayapman. Buning uchun menga etarlicha o'yin amaliyoti berishadi degan umiddaman. O'z ustimda ishlayapman va Eronda ham mashg'ulotlarga jiddiy etibor qarataman. Maqsadim jamoaga foyda keltirish. Yangi jamoada o'zimdan yomon taassurot qoldirmoqchi emasman. SHuning uchun tezroq moslashishga va o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. Erondagi faoliyatim ham yaxshi kechadi deb o'ylayman.

- To'rt oy maydondan tashqarida yurganingizni hisobga olsak, jarohatingiz cho'zilib ketmadimikin?
- Jarohatim to'rt oyga cho'zilmasligi kerak edi. Nari borsa, ikki oy davolansam yaxshi bo'lib ketishi kerak edi. Bokuda shifokorlar menga noto'g'ri tashxis qo'yishgan. Aslida jarohatim bunchalik cho'zilib ketmasligi kutilgandi. Lekin hammasi ortda qoldi. Bir yarim, ikki oydan beri shug'ullanib kelyapman. Ko'z tegmasin hech qaerim og'rimayapti, hech nima bezovta qilmayapti.

- Evropa futbolidan Osiyo futboliga o'tishni o'zingiz xohladingizmi yoki shunga majbur bo'ldingizmi?

- Majbur bo'ldim deb ayta olmayman. “Fulad” chempionlar Ligasida ishtirok etyapti. Umuman olganda, Osiyo futboli yaxshi rivojlanyapti. Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Arab mamlakatlari va albatta Eronda ham yaxshi saviyadagi legionerlar to'p surishyapti. SHu bois Evropa yoki Osiyo deb ajartamayman. Muhimi, o'zimni ko'rsatmoqchiman.  



- Sizni sog'ingan muxlislaringizga nima deysiz?
- Ularga hamisha sog'lik tilayman. Jarohat tufayli terma jamoaning bir qator o'yinlarida ishtirok eta olmadim. Tezroq safga qaytib terma jamoamizga ham yordam berishga harakat qilaman. Bizning ishimiz gol urib ishqibozlarni xursand qilishdan iborat. O'zbekiston uchun muhim musobaqalarda gollarim bilan foyda keltirishni istayman. Buning uchun oldingidanda yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'laman deb umid qilaman.

- Darvqoe, yaqinda Bokuda bo'lib o'tgan Ozarbayjon hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni stadiondan kuzatdingizmi?
- Ha, televizor orqali ko'rdim.

- U paytda Bokuda emasmidingiz?
- Yo'q, u paytda men Turkiyada edim.

- U erda nima qilayotgandingiz?
- Turkiyada shaxsiy ishim bor edi. SHuning uchun borgandim. O'yinga esa ulgura olmadim.

- Erondagi faoliyatingiz muvaffaqiyatli bo'lishini tilab qolamiz.
- Rahmat, sizga!


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика