So’nggi yangiliklar

11:00Чемпионлар лигасида тарихий кун: икки инглиз клуби бир кунда йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 10:35"Динамо" ўз майдонида 18 йилдан бери "Насаф"ни енга олаётгани йўқ  5 10:05Арбелоа: "Реал"миз ва бизни ҳеч қачон камситиш мумкин эмас"  7 09:45Гвардиола: "Куртуа ажойиб ўйин кўрсатди, деб ўйламайман"  6 09:04ОКМК илк ғалабасини қўлга киритади, Самарқандда нима кўрамиз? — Эксперт фикри   2 08:35"Локомотив" 9 йилдан буён мезбон мақомида "Қўқон-1912"ни юта олмаяпти  0 08:09Суперлига. Бугун "Сўғдиёна" ОКМК билан ўйнайди, "Насаф" "Динамо"га қарши  4 08:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0  49 02:58ЕЧЛ. ПСЖ "Челси"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Буду Глимт" эса "Спортинг" дарвозасига жавобсиз 3 та гол урди  32 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди  287 01:52Александр Хомяков: "Барчаси яхши бўлади, хавотир олманг. Футболчиларга эътирозим йўқ"  6 00:55Суперлига. "Бухоро" – "Хоразм" 1:1   0 00:40Cергей Токов: "Жамоани кучайтира оладиган маҳаллий футболчилар қолмади"  1 00:38Мирко Йеличич: "Жасур Яхшибоев? Бу ҳолат мен учун ҳам тушунарсиз"  5 00:38ЕЧЛ. Хаверцнинг 89-дақиқада пенальтидан урган голи "Арсенал"ни "Байер"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  21

Bahodir Nasimov endi erkin agent: shu va mavsum haqida Yangiliklar

Bahodir Nasimov endi erkin agent: shu va mavsum haqida

Kecha Ozarbayjon Kubogi sohibi bo'lgan Bahodir Nasimovning "Neftchi" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi.
So'nggi turlarni oyoq paylarini tortib olganligi sababli o'tkazib yuborgan O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi bugunga kelib o'zini yaxshi xis qilyapti. Qizig'i shundaki, kubokni jamoa sardoriga topshirilgach, Rashid Saidov uni hamyurtimizga berdi. Nasimov esa katta sahnada kubokni yuqoriga ko'tardi.

- Bahodir Sizni kubok sohibi bo'lganingiz bilan tabriklaymiz!
- Rahmat! "Gabala" jamoasi bilan o'yinga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. O'yin qizg'in kurashlarga boy bo'ldi. Ammo yakunda penaltilar seriyasida g'alabani qo'lga kiritdik. "Neftchi" safida uch karra chempion, ikki karra kubok sohibi bo'ldim. Faqat superkubok qolyapti.

- Jamoangiz chempionat o'yinida aynan "Gabala" jamoasiga imkoniyatni boy berib, uchinchi o'rindan mahrum bo'ldi. Finalda revansh hissi bo'ldimi?
- Yo'q, shunchaki o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Mavsum boshida oldimizga ikkita turnirda ham g'olib bo'lish vazifasi qo'yilgan edi. Afsuski, chempionatda ishimiz biz o'ylagandek chiqmadi.

- Jarohatingiz tuzalib qoldimi?
- Ha, hozir mashg'ulotlarga kirishdim. Biroq jismoniy holatim avvalgidek emas. Yana bir necha kundan keyin hammasi iziga tushib ketadi.

- Endigi rejalaringiz qanday?
- "Neftchi" bilan tuzgan shartnomam yakuniga etdi. Hozir bu haqda o'ylamayapman. Bugun O'zbekistonga qaytaman, biroz hordiq chiqarishim kerak. Oldimda 3-4ta jamoadan takliflar bor.

- Sizdek hujumchilarga O'zbekiston chempionati muhtoj. Agar jamoalarimizdan biri taklif bilan chiqsa, bu haqda o'ylab ko'rasizmi?

- Bu savolingizga hozir javob bera olmayman (kuladi)

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика