Bahodir Nasimov “Buxoro” bilan shartnoma imzoladi
18 fev 2018 09:58
Yangiliklar


Bahodir Nasimov “Buxoro” bilan shartnoma imzoladi
O'tgan mavsumni Janubiy Koreyaning “Ansan Griners” klubida o'tkazgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettiradi.
O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi “Buxoro” klubi bilan shartnoma imzoladi. Nasimov bir necha kundan beri Ulug'bek Baqoev jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi.
“Kichik tanaffusdan so'ng yana O'zbekistonga qaytganimdan xursandman. Kelishuv bir yilga imzolandi. “Buxoro” jamoasining muvaffaqiyatlariga xissa qo'shishni istayman”, - dedi hujumchi saytimizga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar