Bahodir Nasimov: “Bor e'tiborimizni uch ochko olishga qaratamiz”

1 iyul 2016, 12:08
“Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” hujumchisi Bahodir Nasimovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.
- Uchrashuvga puxta hozirlik ko'rdik. Jamoamizning kayfiyati yaxshi. O'yin arafasidagi imkoniyatlarni ellikka ellik baholagan bo'lardim. “Lokomotiv” ham, biz ham birinchi davraning boshqa uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchramadik. O'ylaymanki, “Bunyodkor” bu yurishini davom ettira oladi. Bizni faqat g'alaba qoniqtirda va bor e'tiborimizni uch ochko olishga qaratamiz, - deydi Bahodir Nasimov.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia