Bahodir Nasimov "Ansan Griners" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi
02 fev 2017 16:13
Yangiliklar
Bahodir Nasimov "Ansan Griners" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi
"Bunyodkor" klubi hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini yana xorijda davom ettiradi.
Futbolchi bir necha kundan buyon Janubiy Koreyada bo'lib turgandi. Klub o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkita golga mualliflik qilgan Nasimov bugun 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda futbolchining o'zi saytimizga malum qildi.
Nasimov yakunlangan mavsumda "Bunyodkor" safida 26ta o'yinda maydonga tushib 8ta gol urdi. Hujumchi faoliyati davomida Samarqandning "Dinamo", Qozonning "Rubin", Bokuning "Neftchi", Eronning "Padideh" klublari sharafini himoya qilgan.
Malumot uchun, "Ansan Greeners" klubi Janubiy Koreyaning birinchi divizionida ishtirok etadi.
Fikrlar