Bahodir Ibragimov xotirasiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tadi
18 noy 2013 14:47
Yangiliklar

Bahodir Ibragimov xotirasiga bag'ishlangan kitobning taqdimoti bo'lib o'tadi
20 noyabr kuni O'FF anjumanlar zalida taniqli futbol jurnalisti Vladimir Safarovning O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, sport ustasi Bahodir Ibragimovning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan kitobining taqdimot marosimi bo'lib o'tadi.
Taqdimot marosimi O'FF anjumanlar zalida soat 10:00da boshlanadi.
Bahodir Ibragimov xotirasiga bag'ishlangan kitobning taqdimot marosimida o'zbek futboli jamoatchiligi, sport faxriylari, sport jurnalistlari ishtirok etadi. O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov esa taqdimot marosimini kirish so'zi bilan ochib beradi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, sport ustasi Bahodir Ibragimovning yorqin faoliyatga bag'ishlangan kitobning taqdimot marosimiga barcha turdagi OAV hodimlari taklif etiladi.

Fikrlar