Bahodir Davlatov: “Birinchi ligadagi hakamlikdan ko'nglim to'lmayapti”
09 iyu 2013 12:51
Yangiliklar
Bahodir Davlatov: “Birinchi ligadagi hakamlikdan ko'nglim to'lmayapti”
Bugun birinchi liganing birinchi bosqichdagi so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
“SHarq” mintaqasi ishtirokchisi “Yangier”ning bugungi kunga kelib, keyingi bosqichga yo'llanma olishi so'roq ostida turibdi. Sababi 8-o'rinni egallash uchun “Yangier”ga Toshkentning “Istiqlol” jamoasi raqobatchilik qilmoqda. SHu bois mazkur jamoalarning bahsi bugun boshqalarga nisbatan shiddiatli va keskin o'tishini bemalol tahmin qilish mumkin.
Hal qiluvchi o'yin oldidan “Yangier” jamoasiga befarq bo'lmagan murabbiy, Bahodir Davlatov bilan suhbatlashdik. Bahodir Boyjonovich, bugungi kunda rasmiy ravishda jamoada faoliyat ko'rsatmayotgan bo'lsada, amalda murabbiylar shtabiga kerakli maslahatlarni berib, jamoaga bosh-qosh bo'lib turibdi.
- Bahodir aka, bugun “SHarq” mintaqasida 8-o'rin uchun jiddiy kurash kechadi. Mazkur o'yinlar oldidan ushbu o'ringa qo'proq qaysi jamoaning imkoniyatini yuqori baholaysiz?
- Darhaqiqat, birinchi bosqichning so'nggi turidan o'rin olgan o'yinlarning ahamiyati yuqori. CHunki bugun sakkizlikka kirish uchun jamoamiz kabi “Istiqlol” ham astoydil kurashmoqda. Etiborlisi har ikkala jamoa ham safarda o'ynaydi. Agarda asosiy raqobatchimiz, “Istiqlol” ham, jamoamiz ham bugun mag'lubiyatga uchrasa, bitta ochko farqi bilan biz ikkinchi bosqchiga yo'l olamiz. “Istiqlol” bugun “NBU-Osiyo” maydonida mehmon bo'ladi. Yaxshi bilasiz, “bankirlar” o'z maydonida ochko ulashib yuboradigan jamoalardan emas. “Yangier” esa Toshkentning yana bir jamosi “Oqtepa” bilan kuch sinashadi. Umid qilamanki, bo'lajak bahslar halol o'tadi va munosib jamoa g'alaba qozonadi.
- “Yangier” avvaliga chempionatda yaxshi start olgandi. Ammo oxirgi turlarda bir qator muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin, jamoaning turnir jadvalidagi o'rni ham pastlab ketdi. Bunga nima sabab?
- Ha, to'g'ri aytasiz, garchi tarkibimiz asosan yosh futbochilardan tashkil topgan bo'lsada, chempionatni yomon boshlamagandik. Lekin aytib o'tganingizdek, ayni paytga kelib 8-o'rinni egallashimiz ham so'roq ostida turibdi. Albatta buning o'ziga yarasha sabablari bor. Etibor bering-a, jamoamiz safar o'yinlarida garchi birinchi bo'lib hisobni ochsada, baribir yakunda mag'lubiyatga uchramoqda. SHuningdek penaltilardan ham “Yangier” juda ko'p jabr ko'rmoqda. Vaholanki, ilgari jamoamiz safardan ko'pincha g'alaba bilan qaytardi. Demoqchimanki, hakamlar ko'p xollarda jamoamizni “sindirib” qo'yishmoqda. Hayronman, ular bizni chempionatda ishtirok etishimizni istashmayaptimikin. Lekin shunday bo'lsada, futbochilar bor kuchlarini berib o'ynashmoqda. Achinarlisi, “Yangier”da endi-endi mahalliy yosh futbolchilar etishib chiqayotgan payt. Bu yil tarkibni mahalliy yoshlar bilan to'ldirishga qaror qildik. Ularning mahorati o'yindan-o'yinga oshib bormoqda. O'smirlar va yoshlar terma jamoamizga bir nechta futbolchilarimiz nomzod ekanligini ham unutmaslik kerak (1995 va 1997 yillardan tug'ilgan bolalar o'rtasidaga terma jamoalar nazarda tutilmoqda - muallif). Nasib qilsa kuzda BAAda o'tadigan o'smirlar o'rtasida jahon chempionatida jamoamiz umidli yoshlari ham ishtirok etadi.
- Aynan qaysi o'yinlarda hakamlikdan ko'nglingiz to'lmadi?
- Bu borada 16-turda “Qo'qon-1912” bilan kechgan o'yinni misol tariqasida ko'rsatish mumkin. Ochig'i, mazkur safar o'yinimizga bormoqchi emas edim. Lekin yigitlar iltimos qilib, Qo'qonga borishim kerakligini so'rashdi. Agarda gaplarimga ishonmasangiz, ushbu o'yin qaydnomasiga etibor bering. O'yinning 70-daqiqasiga qadar hisob 0:0 ko'rinishida edi. Ammo hakam yo'q joydan darvozamiz tomon penalti belgiladi. Undan mezbonlar unumli foydalanib qolishdi. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida esa bosh hakam (Murod Muhammedov, Toshkent) vaziyatni yumshatish maqsadida “Qo'qon-1912”ning ikki nafar futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi. To'g'risi, bu paytga kelib o'yin taqdiri hal bo'lib ulgurgandi. Qolgan vaqt davomida raqib darvozasini ishg'ol etishimiz qiyin edi. SHunga o'xshash bir qator misollarni keltirishim mumkin. Ammo endi bundan nima foyda. To'g'ri tushuning, bu bilan jamoamizni oqlamoqchi emasman. Avvalo natijaga birinchi navbatda murabbiy javob beradi. Keyin esa futbolchilar. Lekin odamni dilini xira qiladigan hakamlikdan keyin, nima qilish kerak?!
- Darvoqe, “Yangier” 20-turda o'z maydonida liga debyutanti “Xotira-79”ga imkoniyatni boy berdi. Bungacha safardan g'alaba qozona olmagan jamoaga ochko ulashishinglarni qanday tushunish mumkin?
- Aytishim kerakki, mazkur o'yinda mehmonlar g'alaba qozonishgan bo'lishsada, ularni haqqoniy muvaffaqiyat bilan qutlayman. Haqiqatdan ham shu kuni Namangan jamoasi nisbatan kuchli o'ynadi. Buni inkor eta olmayman. Mag'lubiyatning asosiy sababi, bundan oldingi turda yigitlar “Andijon” bilan o'yinda katta kuch sarflab yuborishgani bilan bog'liq. Futbolchilar o'yindan o'yinga qisqa vaqt ichida o'zlarini tiklab olishga qiynalmoqda. SHuning uchun chempionat tizimini o'zgartirish kerak.
- Sizningcha, bu borada qanday uslub maqul?
- CHempionat tizimini yangilash kerak. 24ta jamoa bo'lishi shart emas, 20ta bo'lsa ham etarli bo'ladi. Xalqimizda ozginayu, sozgina degan gap bor. SHunga amal qilib, o'yinlar sonini emas, sifatini oshirish lozim. SHunda ligaga bo'lgan etibor va qiziqish ham ortadi. Buning uchun birinchi liganing ham huddi oliy ligadek o'tkazish kerak. CHempionat boshlanmasidan oldin shu masalani ko'tarib chiqqanman va PFLga, shaxsan Farhod aka Magomedovning o'ziga ham aytganman.
Haftada ikki marotaba o'yin o'tkazish tan olish kerak, bugungi kunda birinchi liga jamoalari uchun emas!
- To'g'ri aytasiz, bugunga kelib har uch kunda bir futbol o'ynash birinchi liga jamoalari uchun qiyin kechayotgandek tuyulmoqda.
- Ko'pchilik aytishi mumkin, Evropada jamoalar har uch kunda rasmiy o'yinlarda maydonga tushishadiku deb. To'g'ri, bunday fikrga boradiganlar ham qaysidir manoda haq. Lekin o'z ichki imkoniyatlarimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, bugungi kunda birinchi liga jamoalari bunday tizimda o'ynashga tayyor emas. Buning uchun avvalo futbolchilarning ovqatlanish jarayoniga ham jiddiy etibor qaratmoq lozim. Odatda professional klublarda kechki ovqat tanovul qilib bo'linganidan keyin, jamoa shifokori futbolchilarga turli xil vitaminlarni berishadi. Aytingchi, hozir birinchi ligada qaysi jamoada futbolchilarga shunday foydali vitaminlar beriladi? Menimcha 1-2 klubni hisobga olmaganda, aytarli hech qaysi jamoada bunday qilinmaydi. SHunday ekan, futbolchilar qanday qilib, uch kunda bir bor kuchi bilan futbol o'ynashi uchun o'zida kuch topa olsin?! SHuning uchun yuqorida aytib o'tganimdek, PFL birinchi ligani ham huddi oliy liga tizimidagidek o'tkazsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Birinchi liga jamoalari ham shunday tizimda o'ynab, bosqichma-bosqich oliy ligaga moslashib borishini ham unutmaslik kerak.
- Bu uslubga o'tishni birinchi liga klublarining barchasi maqullaydimikin?
- Nnga endi fikrimga qo'shilmasligi mumkin. O'zingizga yaxshi malum, hozir yurtimizda tez yurar poezdlar xizmati yo'lga qo'yilgan. SHuning uchun vodiy jamoalarining Xorazm yoki nukusga borib o'yin o'tkazib kelishi qiyin bo'lmaydi. O'zingiz o'ylang, vodiy jamoasi Xorazmga huddi hozirgi tizimdagidek, ikkita o'yin o'tkazish uchun safar uyushtiradi. Bir hafta mobaynida Xorazmda mehmonada futbolchilarni ovqat bilan taminlash va bir qator harajatlarni inobatga olsak, bu menimcha ularga biroz qimmatroqqa tushadi. Agarda haftada bir marta o'yin bo'lsa, vodiy jamoalari bemalol Xorazmga borib, o'yinni o'tkazib ortiga qaytishi mumkin bo'ladi. Keyin o'z maydonida boshqa jamoa bilan kuch sinashib, undan so'ng safarga yana Voxaga emas, Toshkentga boradi. SHundagina barcha klubga oson kechadi. Ishoning, o'yinlar sifati va saviyasida ham o'sish ko'zga tashlanadi. Ayni paytdagi imkoniyatimiz shunga to'g'ri keladi.
- Yana “Yangier” jamoasi haqida so'ramoqchi edim. Jamoaga rahbariyat tomonidan bo'lgan etibor qanday? Moddiy tomondan qiyinchilik yo'qmi?
- Etibor yaxshi emas. Futbolchilar bir necha oydan buyon maosh olishmasdan o'ynab kelishmoqda. SHunday bo'lsada, yigitlar har bir o'yinda qo'ldan kelganicha, bor kuchlarini berib o'ynashmoqda.
- CHempionat boshidayoq, etakchi futbolchilarning jamoadan ketib qolishiga nima sabab?
- Ular ham aynan moddiy qiyinchilik yuzaga kelganligi bois ketishga qaror qilishdi. Etakchi o'yinchilarimiz boshqa viloyatdan taklif etilgandi. Ular maosh berilmayotgan paytlarda, oldimga kelib, maoshlarimizni berib turishsin, ayting derdi. Futbolchilarni ham to'g'ri tushunish kerak, ular ham uyiga borganida ota-onasiga pul berib, oilasiga yordam berishi kerak. Ammo futbolchilarga maoshlarini bera olmadik. SHu bois ayrim o'yinchilar bilan do'stona xayrlashdik.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar