So’nggi yangiliklar

00:09ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  0 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  1 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  2 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  11 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:56ЕЧЛ. "Галатасарой" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  2 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  52 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  2 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  6 18:41Тотти "Рома" билан музокаралар олиб бормоқда  0

Bahodir Ahmedov:"Hamma narsaning o'z vaqti-soati bor" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov:"Hamma narsaning o'z vaqti-soati bor"

O'zbekiston futzalining haqiqiy qahramoniga aylangan, “Maksam-CHirchiq” jamoasining sardori va milliy terma jamoaning bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov uchun ushbu mavsum uning professional o'yinchilik faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi.
O'z faoliyati davomida Bahodir Ahmedov 3 marotaba Osiyo chempionatining kumush medallari sohibiga aylangan. Umuman esa, u 13ta Osiyo chempionatidan 11tasida ishtirok etgan. Bunday ko'rsatgichga Ahmedovdan tashqari Osiyoda faqatgina Qirg'iziston terma jamoasining sobiq o'yinchisi Nurjan Jetibaev ega.

Bahodir Ahmedov – O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi. Hozirgi kunga qadar o'tkazib kelingan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatlarining barchasida faqatgina Ahmedov ishtirok etgan. SHu tariqa, u 9 marotaba O'zbekiston chempionligini va 8 marotaba O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan.

Ahmedovning faoliyati 27 mart kuni O'zbekiston Kubogi final uchrashuvida yorqin tarzda yakunlandi. “Maksam-CHirchiq” tarkibida, Ahmedov ushbu yilgi mamlakat Kubogi sohibiga aylandi. Final uchrashuvida uning jamoasi qarshining “Do'stlik-AIN” klubini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qarshiliklar darvozasiga kiritilgan 2ta golga esa, aynan Bahodir Ahmedov mualliflik qildi.

Quyida, uchrashuvdan so'ng Bahodir Ahmedov bilan uyushtirilgan kichik suhbat keltirilgan:

- Bahodir aka, bugungi uchrashuv sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Raqib to'g'risida juda iliq fikr bildirishim mumkin.  Mavsum davomida“Do'stlik-AIN” kuchli va irodali jamoa ekanligini ko'rsata oldi. Bugungi bahsda raqibni engish oson bo'lmadi. Ammo biz buni uddaladik va g'alaba qozonganimizdan xursandman.

- Bugun sizning professional o'yinchi sifatidagi faoliyatingiz yakunlandi. Hozirda nimalarni his qilyapsiz va faoliyatingizni nima uchun tamomladingiz?
 - Mazkur uchrashuv butun umrim davomida esimda qoladi. Sportchi sifatida olib borgan faoliyatim judayam yorqin va esda qolarli bo'ldi. Hamma narsaning o'z vaqti-soati bor. Murabbiy bo'lganimdan keyin, professional darajada o'ynashni to'xtatib, bor kuch va etiborni terma jamoa rivojiga qaratish lozim.

- Final uchrashuvi bo'lishiga qaramay, siz raqib darvozasini 2 bor ishg'ol qildingiz. Demak yaxshi jismoniy holatdasiz, shunday emasmi?
- Jismoniy holatim yaxshi, lekin yoshlarga yo'l bo'shatib, ularga imkoniyat beradigan payt keldi. Futzal o'ynasam, endi faqat havarkor yo bo'lmasa fahriylar jamoalari tarkibida o'ynashim mumkin.

- Har bir sportchi o'z faoliyatini katta yutuq bilan yakunlashni xohlaydi. Bugun “Maksam-CHirchiq” O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. Bu siz uchun qanchalik ahamiyatli?
- Albatta bu juda yoqimli. G'alaba uchun butun jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. G'olib sifatida faoliyatimni yakunlaganimdan baxtiyorman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика