So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

Bahodir Ahmedov: "Xorijdan murabbiylarni olib kelishni ijobiy holat sifatida baholayman" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Xorijdan murabbiylarni olib kelishni ijobiy holat sifatida baholayman"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Bahodir Ahmedov bo'lajak mundial oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tailandda o'tkazilgan Osiyo kubogi har qachongidan ko'ra qiyinroq kechdi, desam xato bo'lmaydi. Avvallari biz qiyinchiliksiz mag'lub etadigan terma jamoalar ham etarlicha qarshilik ko'rsatib, futzal sir-asrorlarini yaxshi o'zlashtirib olgani barchaga ayon bo'ldi.

Eron xususida esa, ortiqcha tarif berish shart bo'lmasa kerak. Bu jamoa qanday tarkibda bo'lmasin har doim kuchli sanalgan. Biz Osiyo chempionatida qatnashish barobarida bir vaqtning o'zida Jahon chempionatiga ham yangi murabiy qo'l ostida tayyorgarlik ko'rib oldik.

Aytganimdek, futzal qitamizda tobora ommalashib bormoqda. Aksariyat terma jamoalar boshqaruviga Braziliya, Ispaniya va Argentinadan mutaxassislar jalb etilgan. Xorijdan murabbiylarni olib kelishni ijobiy holat sifatida baholayman. Sababi ulardan yangi metodika va taktik uslublarni o'rganib olish mumkin. Futzal o'zgarib bormoqda va shu sabab ham turli uslubga ega jamoalarga qarshi uchrashuvlar ulkan foyda beradi.

Ayrim jamoalar mahalliylashtirilgan legioner futzalchilarga ega. Biz esa bor etiborimizni o'zimizning “qora ko'zlar”ga qaratamiz. Baribir xohlaymizmi, yo'qmi ularning maqsadi pul ishlash bo'ladi. Bizning yigitlarda esa Vatan tuyg'usi hamisha yuqori bo'lgan. O'zim futzal o'ynagan paytlarimda ham bor etiborimni bayrog'imizni baland ko'tarishga qaratganman. Bizning yutug'imiz bu o'z yoshlarimizdir. Oddiy misol, yaqinda tarkibida braziliyalik futzalchilar bo'lgan Qozog'istonni engishni uddaladik. Demak to'g'ri yo'ldamiz, deb ayta olaman.

Bizga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar alo darajada. Buning uchun Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevga, qolaversa, O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatiga tashakkur bildirmoqchiman. Bizdan faqat yaxshi natija ko'rsatish qoldi. O'ylaymanki, mundialda xalqimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'ladi. Bor imkoniyatimizni ishga solamiz".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика