So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Bahodir Ahmedov: Osiyo chempionati saralash bahslariga puxta tayyorgarlik olib bormoqchimiz Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: Osiyo chempionati saralash bahslariga puxta tayyorgarlik olib bormoqchimiz

Joriy yilning oktyabr oyida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Mazkur bahslarga hozirlik jarayonini boshlagan O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov O'FA rasmiy saytiga yig'in, saralash bahslariga rejalar, shuningdek terma jamoaga yangi jalb etilgan yosh futbolchilar haqida gapirib berdi.

- Kelasi yili futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Oktyabrda esa Osiyo chempionati-2020ga saralash bahslari o'tkaziladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bahslariga tayyorgarlikni boshladi. 1 iyuldan boshlab ilk yig'inga kirishdik. Yig'inga aslida ko'proq futbolchi jalb etish niyatida edik. Lekin 7-18 avgust kunlari Tailandda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkaziladi. Unda AGMK klubining ham ishtirok etishi inobatga olinib, AGMK klubi azolariga o'z klubi safida qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'rish imkoniyati taqdim etildi.

Yig'inda esa asosan terma jamoaga nomzod bo'lgan va yaqin vaqt ichida milliy terma jamoaning o'zagi bo'lishi kutilayotgan yoshlar ishtirok etmoqda. Futzalchilar milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan turli jamoalardan jalb etilgan. Hozircha ushbu yosh futzalchilarning harakatlarini kuzatib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlayapmiz. Mashg'ulotlar kuniga 2 mahaldan “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib borilyapti. 26 iyul sanasiga qadar mashg'ulotlar o'tkazamiz.

25 iyul kuni saralash bahslariga qura tashlanadi. Raqiblarimiz va qaysi sanada qaysi terma jamoa bilan o'yin o'tkazishimizni bilib olamiz. Biz bahs olib boradigan har bir terma jamoa o'yinlarini albatta o'rganib boramiz. Qita chempionati saralashiga puxta hozirlik olib borish niyatidamiz. O'FA tomonidan biz taqdim etgan rejalar qo'llab-quvvatlanib, zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Maqsadimiz – saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazib, muxlislarimizni ham xushnud etish. O'zbekiston futzal bo'yicha doim qitada etakchilar qatorida bo'lib kelgan. Ushbu mavqeni saqlab qolish va unga munosib bo'lishga intilamiz, - deya takidladi mutaxassis.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика