So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Bahodir Ahmedov: Musobaqada g'olib chiqishni istamaydigan jamoa – jamoa emas Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: Musobaqada g'olib chiqishni istamaydigan jamoa – jamoa emas

Ardus qitaning futzal bo'yicha eng nufuzli musobaqasi – Osiyo chempionati bahslarida kurashishga kirishishiga ikki haftadan kamroq vaqt qoldi.

O'tgan yili Kuvaytda bo'lib o'tgan musobaqa davomida Ardus munosib natija ko'rsatib, chempionat finaliga qadar etib borgan edi. Bu yilgi musobaqa 27 avgust – 1 sentyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadi. Jamoaning musobaqaga yo'l olishi arafasida biz Ardus bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan suhbatlashib, muhim uchrashuvlarga jamoa qanday tayyorgarlik ko'rayotgani va jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yganiga qiziqdik.

- Eng avvalo, jamoaning klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rayotgani haqida bilmoqchi edik. Ardus qaerda va qanday tayyorlanmoqda?
- SHu kungacha biz Toshkentda ikkita yig'in o'tkazdik. Avgustning aksariyat qismi yig'inlarga bag'ishlandi. Hozirda biz kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz va, aytishim mumkinki, yigitlar yaxshi jismoniy holatda. Yig'inlar masalasida bizda hech qanday muammolar yuzaga kelgani yo'q, barcha sharoitlar yaratib berilgan, ishlar reja bo'yicha ketmoqda.

- Nazorat o'yinlarini o'tkazish rejalashtirilganmi?
- Albatta. Busiz iloji yo'q. Osiyo chempionati bahslarining muhimligi va murakkabligidan kelib chiqib, biz kuchli raqib izlab topishga harakat qildik. Xususan, 18 va 19 avgust kunlari Qozog'istonning Qayrat jamoasiga qarshi ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Bilasiz, bu jamoa amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi.

- Siz yaqindagina Ardus bosh murabbiyi etib tayinlandingiz va, umuman, bu jarayon qanday bo'ldi? Axir, ayni vaqtda siz milliy terma jamoa ustozi ham sanalasiz.
- Yopiq inshootlardagi Osiyo O'yinlaridan so'ng Ardus prezidenti Jahongir Usmonov bilan suhbat bo'lib o'tdi. U menga klub bosh murabbiyi bo'lib ishlashni taklif qildi va men rozi bo'ldim. Mengacha jamoani boshqarib kelgan Baxtiyor Tog'aev menga katta ko'mak berayotganini qo'shimcha qilishim kerak.U hozirda mening yordamchim sifatida ishlayapti va mashg'ulot jarayonlari hamda taktikalarni tanlash borasidagi qarorlarni birgalikda qabul qilmoqdamiz.

- Demak, jamoadagi ichki muhit ijobiy?
- Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Biz barchamiz, futbolchilar va murabbiylar – bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Jamoada salbiy muhit bo'lishi mumkinligi haqidagi savollarga umuman o'rin yo'q.

- Tarkib borasida bir qarorga kelib ulgurdingizmi?
- Ha, 14 kishidan iborat o'yinchilar guruhi aniqlab olingan. Birinchi yig'inda ixtiyorimizda 18 o'yinchi bor edi, hozirgi vaqtga kelib eng kuchli o'yinchilar qoldi.

- Endi bevosita klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga to'xtalsak. Guruhdagi raqiblar to'g'risida qanday fikrdasiz?
- Qura bizga kuchli raqiblarni taqdim etdi. Tailand va Eron jamoalarining kuchiga hech qachon shubha bo'lmagan. Aytishim mumkinki, Qatarning As-Sadd klubi ham oddiy raqib emas. SHunday ekan, bizni og'ir o'yinlar kutib turibdi. Birinchi o'yinimiz Tailandning CHonburi Bluveyv jamoasiga qarshi kechadi. Bu o'yin biz uchun katta ahamiyatga ega, biz unga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Qo'shimcha tarzda, bu jamoaga milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez ustozlik qilmoqda. U bilan ishlaganimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, u juda kuchli mutaxassis. Albatta, musobaqaning amaldagi chempioni, Eronning Sanae Giti Pasand jamoasiga qarshi o'yinni ham alohida qayd etishim joiz. Ardus o'tgan yili bu jamoaga imkoniyatni boy bergan edi, umid qilamanki, bu yilga to'qnashuv bizning foydamizga hal bo'ladi.

- Milliy terma jamoada siz Mendezga yordamchi sifatida ishlagansiz, shu sabab, uning o'yin uslubidan yaxshi xabardorsiz. O'z navbatida, xalqaro maydonda O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi Ardus o'yinchilarining imkoniyatlari unga juda yaxshi malum. SHundan kelib chiqib, bu vaziyatda kimda ko'proq ustunlik?
- Buni vaqt ko'rsatadi. Biroq Mendezga qarshi biz boshqa taktika asosida to'p suramiz. Hozircha faqat bir narsa aniq: bo'lajak to'qnashuv juda ham qiziqarli bo'ladi.

- So'nggi savol: bo'lajak musobaqada Ardus oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Oldimizdagi birinchi galdagi vazifa – guruhdan keyingi bosqichga chiqish. Keyin esa maqsadni oshirib boraveramiz. Umuman olganda esa, musobaqada g'olib chiqishni istaymiz. O'z oldingga eng yuqori maqsadlarni qo'ymas ekansan, bunday musobaqalarda qatnashishning nima keragi bor?! Musobaqada g'olib chiqishni istamaydigan jamoa – jamoa emas. SHundan kelib chiqib, eng yaxshi natijaga erishish uchun qo'limizdan kelgan barchasini qilamiz.

Manba: www.ardusfc.uz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика