So’nggi yangiliklar

22:46"Реал"нинг апелляцияси рад этилди  3 22:12FA "адолат" ҳақидаги пости учун МЮни жазоламайди  0 21:51"Нефтчи" Ашурматов учун "Рубин"га 500 минг доллар тўлашга тайёр  17 20:55"Локомотив" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 20:45Анвар Бердиев "Шўртан" билан шартномасини узайтирди  2 20:20Фарруҳ Зокиров: "Биз ҳозирги таркибимиз билан ҳам кейинги босқичга чиқишимиз керак"  0 20:10"Барселона" ҳимоячиси 5 ҳафтага сафдан чиқди  3 19:56Расман: "Бухоро" хорватиялик легионерни сафига қўшиб олди  2 19:43Франциянинг Ўзбекистондаги элчихонаси: "Абдуқодир Ҳусановни "Манчестер Сити"га ўтгани билан табриклаймиз!"  10 19:34Людмила Карачик: "Биринчи ўринни эгаллашни мақсад қилганмиз"  0 19:19"Бунёдкор" "Динамо"дан устун келган назорат ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  0 18:57Европа чемпионати бронза медали соҳиби Симон Кьер фаолиятини якунлади  0 18:34Селюк: "Ҳусанов қанақасига 50 млн туради? Максимум – 20!"  68 18:11"Ливерпуль" футболчиси фаолиятини Шотландияда давом эттиради  0 17:49Модрич — "Барса"га қарши ўйиндан кейин интервью берган "Реал"нинг ягона футболчиси  10

Bahodir Ahmedov: "Mezbon Kuvaytga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi, ammo muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Mezbon Kuvaytga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi, ammo muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan Kuvaytga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barcha jamoalarni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman! Ertangi o'yinga kelsak, ustozimga qarshi to'qnash kelaman. Bu men uchun sharaf. O'ylaymanki, ertangi uchrashuv juda chiroyli kechadi. Biz uchun oson bo'lmaydi. Kuvayt juda yaxshi jamoa. Mazkur terma jamoa taktik murabbiyga ega. Kuvayt bilan bahsda muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman", – deya gap boshladi Ahmedov.

- Musobaqa Kuvaytda bo'lib o'tmoqda. Mezbonga qarshi o'ynaysizlar. O'yinchilaringiz bosim his etmayaptimi?

- Muxlislar to'la zalda o'ynaymiz. Bu bizga qo'l keladi. Muxlislar qo'llab-quvvatlashi va bunday atmosferada o'ynash yigitlarimizga foyda keltiradi. CHnuki futzalchilar bunday atmosferada o'zini juda yaxshi his etishadi. Biz mehmonda mezbonga qarshi maydonga tushamiz. Mezbon Kuvaytga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi, ammo muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.

- O'zbekiston Osiyo Kubogida 17 ta gol urdi. Kuvaytga qarshi o'yinda ham hujumkor o'yin namoyish qilasizlarmi yoki himoyaviymi?

- Xudo xohlasa, Kuvaytga qarshi ham hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Biroq 17 ta gol urganimiz allaqachon tarixda qoldi. Ertangi bahs – eng asosiy o'yinimiz. CHiroyli o'yin namoyish qilib, muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak.

- Kuvayt terma jamoasi haqida nimalarni bilasizlar?

- Kuvayt jamoasini o'rganib chiqdik. Ular ham bizni o'rganib chiqishgan. Buni yaxshi bilaman. CHunki har bir jamoa keyingi raqibni o'rganib chiqadi. SHunga qaramasdan, murabbiy boshqa taktikadan foydalanishi mumkin. SHuning uchun biz bugun o'ylagan narsa ertaga bo'lmasligi ehtimoli bor.  

- Ikki jamoa ham ushbu musobaqada favorit. Bu haqida nima deya olasiz?

- 8 ta jamoa ham favorit. CHunki bu – futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Kuvayt, Tailand, Yaponiya, Tojikiston, Vetnam... Omad kelmay qolsa, shu favoritlar ham mag'lub bo'lishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, "B" guruhija yuz foizlik natija ko'rsatgan O'zbekiston MTJning Kuvaytga qarshi uchrashuvi 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o'tishsa, yarim finalda Indoneziya hamda Yaponiya juftligi g'olibiga bilan ro'baro' kelishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика