So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Bahodir Ahmedov: "Maqsadimiz – Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Maqsadimiz – Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish"

Ertadan boshlab Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi guruhda Tojikiston, Nepal va Afg'oniston bilan bahs olib boradi. 

Bugun saralash o'yinlari oldidan qatnashchi terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Bahodir Ahmedov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Avvalambor, bizni yaxshi kutib olishgani uchun mezbon – eronliklarga minnatdorchilik bildiraman. Oldinda bizni qiziqarli va shiddatli uchrashuvlar kutib turibdi. Zero guruhimizdan o'rin olgan har bir jamoa etarlicha qarshilik ko'rsatish imkoniga ega. Lekin biz ham o'z o'yinimizni namoyish etib, bor mahoratni ishga solishga urinamiz. Maqsadimiz – saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazgan holda qita chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Umid qilamanki, saralashni yuqori kayfiyatda o'tkazib, yakunda Osiyo chempionatiga yo'l olamiz, - dedi tajribali mutaxassis.

Takidlash joiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki uchrashuvini ertaga, 23 oktyabr kuni Afg'onistonga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yin mahalliy vaqt bilan soat 15:30da, Toshkent vaqti bilan esa 17:00da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика