So’nggi yangiliklar

14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  4 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  1 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  14 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2

Bahodir Ahmedov: "Jismoniy tayyorgarlik ustida ispaniyalik murabbiy bilan birga ishlamoqchimiz" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Jismoniy tayyorgarlik ustida ispaniyalik murabbiy bilan birga ishlamoqchimiz"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida bugundan o'quv-yig'in mashg'ulotlarni boshladi.

Biz "Yunusobod" sport majmuasida termamiz mashg'ulotlarini kuzatib bordik va mashg'ulotdan keyin bosh murabbiy Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik. 

— Kechadan boshlab O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig'inini boshladi. Yig'in to'g'risida nimalar deya olasiz?

— To'g'ri, jamoaning asosi qolgan. Ammo baribir ko'proq yoshlarimizga etibor beryapmiz. Jamoamizda yo'qotishlar bor Ulardan biri – Davron CHoriev. Unga ozgina dam berdik. Avgustning oxirigacha tiklanish uchun dam berdik. SHundan so'ng jamoaga qo'shiladi. Qolgan yigitlarimiz soppa-sog'. Kichik jarohatda bo'lib turganlarga shifokorlarimiz yaxshi qarashyapti. Bundan ko'nglimiz to'q. 

— O'zbekiston futzal terma jamoasi ko'p bora Osiyo chempionatlarida 2-o'rinni olib kelgan. Bu yil esa Jahon chempionatidagi o'yinlardan keyin chempionlik vazifasi qo'yilgandir. O'tgan safar JCHdan avval ispaniyalik murabbiylar kelib yordam berishgandi. Osiyo chempionatiga ketishdan avval bu tajriba yana qo'llaniladimi? 

— Bu borada muzokaralar ketmoqda. Jismoniy tayyorgarlik ustida ispaniyalik murabbiy (Arkaitz Sisniega – tahr.) bilan birga ishlamoqchimiz. Nasib qilsa, kelasi yig'inlarimizga chaqiramiz. O'zi rozi, oxirigacha kelisha olsak, kelgusi yig'inlarimizdan ispaniyalik murabbiy bilan ishlaymiz. 

— Osiyo chempionati mezboni Kuvayt haqida nima deya olasiz? Kuvayt bilan 2 ta o'yin o'tkaziladi. Ular ikki marta 4-o'rinni olishgan. 

— Kuvayt hozir anchagina yaxshi holatda. Murabbiyi braziliyalik, uni yaxshi taniyman. Jamoani yaxshi shakllantirgan. O'ylaymanki, Kuvayt bilan bahs oson bo'lmasa kerak. Osiyo chempionatiga barcha terma jamoalar yaxshi tayyorgarlik ko'rishyapti. Osiyoda futzal juda rivojlanib ketdi. SHuning uchun ham oson bo'lmasa kerak. 

— Kuvaytdan qaytgach, biroz muddatdan so'ng yana mashg'ulotlar boshlanadimi?

— Ha, shunday. Kuvaytdagi yig'indan so'ng milliy chempionatimizning 1-turi bor. SHundan so'ng ikki kun yigitlarga dam berib, mashg'ulotni boshlaymiz. 

— Agarda chempionatning 1-turida "Jizzax-Kenteks" va BMB jamoalari to'qnash kelib qolsa, shu o'yinni boshqa muddatga qoldirish mumkinmi? Jarohatlar bo'lib qolishi mumkin... 

— Buni men hal qilmayman. Buni PFL yoki O'FA hal qiladi. Bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Mazkur yig'in 21 avgustga qadar davom etadi. Uning ikkinchi qismi esa bevosita Kuvaytda davom ettiriladi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yig'in doirasida kuvaytlik futzalchilarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

18 avgust

Kuvayt — O'zbekiston


20 avgust

Kuvayt — O'zbekiston

O'zbekiston futzal terma jamoasi tarkibi: Rustam Umarov ("Jizzax-Kenteks"), Abbos Elmuradov (BMB), Ravshan Eliboev (BMB), Ixtiyor Ropiev ("Jizzax-Kenteks"), Mashrab Odilov (BMB), Anasxon Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), SHahram Faxriddinov ("Dinamo"), Ilhom Hamroev ("Jizzax-Kenteks"), Husniddin Nishonov (BMB), Dilshod Rahmatov ("Jizzax-Kenteks"), Daler Eshonqulov ("Dinamo"), Davlat Ibragimov (AGMK), Akbar Usmonov (BMB), Aslbek Isroilov ("Bunyodkor"), Elbek To'lqinov ("Jizzax-Kenteks"), Sunnat Jo'raev ("Jizzax-Kenteks")

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика