So’nggi yangiliklar

18:15Ўзбекистон кубоги. Бугунги ўйинлар бошланди   3 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  0 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  1 17:00Ироқ ОТЖ етакчиси: "Ўзбекистон кучли терма жамоа эканлигига шубҳа қилмаймиз, аммо плей-офф ҳақида ўйлашга ҳали эрта"  11 16:36Туркманистон клуби Гиннес рекордини янгилади, бироқ у тан олинмади. Нима учун?  16 16:19"Тоттенхэм" "Арсенал" собиқ ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 15:20"Севинч" ва "Сўғдиёна" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:00РПЛ. "Рубин" - "Локомотив": Ашурматов ўйинни асосий таркибда бошлайди  1 14:55Алишер Одилов: "Плей-оффда Саудия ёки Ироқ билан тўқнаш келишимизнинг фарқи йўқ, барибир ғалаба қозонамиз"  16 14:36Осиё Кубоги. Корея Республикаси – Япония учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:20Ўзбекистон кубоги доирасидаги Жиззах дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 13:57Серу Гирасси учун курашга яна бир клуб қўшилди  0 13:35Ҳусанов, Файзуллаев ва бошқалар. Бугун яна қайси легионерларимизнинг ўйинлари бор?  7 13:13Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг тахминий таркиби билан танишинг  10

Badjoning "xvostiki", Markizio shlyapasi va Anelli soati. Italiya futboli ham "moda"ga etiborli Yangiliklar

Badjoning "xvostiki", Markizio shlyapasi va Anelli soati. Italiya futboli ham "moda"ga etiborli

A Seriya modaga har doim katta etibor qaratgan.

So'zimiz isboti sifatida etiboringizga quyidagi misollarni taqdim etamiz.

50-60-yillar: Janni Anelli

Bugungi kunda klub xo'jayini o'z futbolchilariga qaraganda bashang kiyinishini tasavvur qilish qiyin, ammo Janni Anelli aynan shundaylar toifasiga kirardi. "Fiat" boshlig'i va XX asrda Evropaning eng boy insonlaridan biri bo'lgan Anelli milliarderlar oilasida tavallud topgan va haqiqiy afsonaga aylangan. Ikkinchi Jahon urishini boshdan o'tkazdi, Devid Rokfeller bilan biznes yuritdi va "Yuventus"ni moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatladi.

Anellining oilasi 1920 yilda "Yuve" ustidan nazorat o'rnata boshlagan, Janni urushdan keyin darhol klub egasi bo'ldi. Intervyulardan birida Anelli jamoa uchun juda katta pul sarflayotganidan shikoyat qildi, ammo bolaligidan pulni behudaga sarflashga o'rganib qolgan edi. Janni Platini yoki Zidanga o'xshagan o'yinchilarni juda yaxshi ko'rardi. Jampero Bonipetri — "Yuve"ning sobiq sardori, 70 yillarda Anelli klub prezidenti etib tayinlangan – klub xo'jayini himoyachi va tayanch yarim himoyachilar uchun pul sarflashni istamasligini aytib shikoyat qilishgan (ammo tunda yoniga chaqirib, jamoada qanday o'zgarishlar bo'layotganini muhokama qilishni yaxshi ko'rardi).

Anelli — nafaqat futbol, balki moda olamining ham afsonasidir. U ko'ylak engining ustidan soat taqardi — uni shunchaki o'zini ko'rsatishda ayblashgan, u bunga javoban shu yo'l bilan ancha vaqt tejayotganini tushuntirgan. U galstuklarni turli xil yo'l bilan taqishni yoqtirardi — gohida galstukni sviter ustidan taqar, bazida esa uni bo'yniga osib yurardi (bu bilan normalarning unga farqi yo'qligini ko'rsatmoqchi bo'lardi).

SHuningdek, Anelli chiroyli oyoq kiyimlarni ham juda yaxshi ko'radi. U kostyum bilan utilitar poyafzal (tog' uchun mo'ljallangan) kiyardi. 1952 yil Anelli avtohalokatga uchragan. Natijada o'ng oyog'ining ettita qismi singan. Aynan o'sha halokatdan so'ng u mahkam qishki poyafzal kiymaydigan bo'lgan. Buni ko'rganlar esa "Italiyaning eng did bilan kiyinadigan insoni yana yangilik yaratibdi-da" deb o'ylashgan. Janni Anellining fikricha, chiroyli ko'rinish uchun nafaqat kiyim, balki poyafzalni ham to'g'ri tanlash kerak.

80- va 90-yillar: Roberto Badjo

Oxirgi 30 yilda faqat ikki nafar italiyalik "Oltin to'p"ga ega chiqqan – Fabio Kannavaro 2006 yili va Roberto Badjo 1993 yilda. Badjo – 80-90-yillar Italiya futbolining tom manodagi siymosi hisoblanadi. Roberto "Fiorentina" safida to'p tepgan paytlari uning harakatlarini – farishtalar kuyiga qiyoslashgan. Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyatidagi eng katta xatosi deb Badjoni 97-yilda (u Robertoni "Parma"ga olib kelishi mumkin edi) sotib olmaganiligini keyinchalik tan olgan. Badjo oxirigacha afsona ekanini isbotlashdan charchamadi. So'nggi mavsumda u A Seriyada 12 to'p kiritdi.

Roberto modaga alohida etibor bermaydi, lekin baribir o'ziga xos usul asoschisi bo'lib qoldi. Bunda uning afsonaviy soch turmagi muhim rol o'ynadi. Uning o'sha soch turmagini ko'rar ekansiz, 80-90 yillar xayolga keladi. 

Bu nafaqat sportning balki sport brendlarining ham rivojlanish davri edi. Sport brendlari nafaqat AQSH va Britaniyada, balki Italiyada ham oyoqqa turayotgandi – misol uchun, Diadora. Krossovkalar o'sha yillarda har bir insonning garderobidan muqim o'rin egallagan – ularni o'sha paytlardanoq kostyumlar bilan ham kiyishgan. Futbolchilar kiyinishiga etibor kuchaydi va sport mahsulotlari do'konlari o'yinchilar bilan shaxsiy shartnoma imzoladi. O'sha paytlarda Italiya futboli asosiy yulduzi Badjo edi – Diadora ham aynan u bilan shartnoma imzolagan.

Yaqinda Badjo 50 yoshni qarshiladi, lekin ularning Diadora bilan hamkorligi davom etmoqda. Italiyaning mashhur brendi vaqti-vaqti bilan Robertoning faoliyatiga atab maxsus tovarlar ishlab chiqaradi.

2010 yil: Klaudio Markizio

Bugungi kunda Italiya modasini konservatizm va so'nggi yillarda butun dunyoda trendga chiqqan – "ko'cha uslubi" bilan yuqori modaning uyg'unligini rad etishda ayblab kelishyapti. Mamlakatning asosiy dizaynerlari 60 yoshdan oshgan, yangi superyulduzlar ko'zga tashlanmayapti. Lekin boshqa tomondan ko'pchilikka shu konservatizm maqul: odamlar annaviy italiyancha uslub abadiy ekanligini, har qanday trenddan ustunroqligini yaxshi tushunishadi.

Italiya futbolida "klassika"ni Klaudio Markiziodanda ko'ra ko'proq hurmat qiluvchi futbolchi topilmasa kerak. "Yuventus" sobiq yarim himoyachisi yoshligidan chiroyli kiyinishni yoqtirishini aytib o'tgan. Markizio 4 yoshligida tushgan bir rasm bor. SHim, ko'ylak, tufli – va barchasi oq.

Markizio "Yuventus"da o'ynagan kezlari uni "Kichik SHaxzoda" deb chaqirishardi. Bu laqabni u endigina "Yuve" asosiy tarkibi bilan shug'ullanishni boshlaganda o'ylab topishgan – bunga kiyinish usuli sabab bo'lgan: boshqa futbolchilar mashg'ulotga sport kiyimlarida kelsa ham, Markizio ko'ylak va pidjakda kelardi. Intervyu chog'ida shunday degan edi: italiyaliklar va inglizlar qolganlardan ko'ra yaxshiroq kiyinadi, Lotin Amerikasi vakillariga esa kiyimlarining butkul qizig'i yo'q. 

Markizio Instagrami bizni o'tmishga chorlaydi. Sport kiyimlari yoki "ko'cha usuli" katta sahnaga chiqib ulgurmagan davrlarga qaytarib qo'yadi go'yo. Klaudioning aytishicha, uning alohida stilisti yo'q, barcha kiyimini o'zi tanlaydi. Bu borada u juda talabchan. Uning akkauntidan Klaudio ko'chada, oddiy kunda krossovkada ketayotgan rasmini topish ancha mushkul ish. Sportchi klassik qora yoki jigarrang tuflini afzal ko'radi va bu borada deyarli barcha zamonaviy futbolchilardan ajralib turadi.

Markizio Italiya modasini hurmat qilishining yana bir isboti: yanvar oyida Instagramda u idollaridan birining suratini va unga quyidagi tarifni yozib qoldirdi: "Bu inson – Italiya nimalarga qodirligining isboti. U boshqalarga o'xshamagan, u o'zligini yo'qotmaslikni bilardi – turli xil niqoblarsiz".

Bu Janni Anellining surati edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика