So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Babayan va Sergeev - noyabr oyi laureatlari! Yangiliklar

Babayan va Sergeev - noyabr oyi laureatlari!

O'zbekiston chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o'yinchisini aniqlash bo'yicha jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada yana bir bor Paxtakor vakillari tengsiz deb topildi.
Xususan, Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan 2014 yilgi mavsum hisobidan beshinchi marta oy murabbiyiga aylangan bo'lsa, jamoa hujumchisi Igor Sergeev birinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'zbekiston chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 27 noyabr - 1 dekabr kunlari bo'lib o'tdi. So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 11 nafar murabbiy va 13 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Paxtakor bosh menejeri Samvel Babayan 64 ochko to'pladi va so'rovnomada ikkinchi bo'lgan Lokomotiv bosh murabbiyi Vadim Abramovni 12 ballga ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Etiborli tomoni, noyabr oyi so'rovnomasida ishtirok etgan jurnalistlarning deyarli barchasi Babayanni birinchi o'ringa loyiq deb topdi.

Futbolchilar orasida esa noyabr oyi yakunlariga ko'ra Paxtakor hujumchisi Igor Sergeevga teng keladigan futbolchi topilmadi. Hujumchi noyabr oyi so'rovida o'zining eng yaqin taqibchisi, Toshkentning Bunyodkor jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidovni 11 ballga ortda qoldirdi va 56 ball bilan 2014 yilgi mavsumning so'nggi oyi eng yaxshi futbolchisi nomini qo'lga kiritdi.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi noyabr oyi kuchli beshligi:
1. Igor Sergeev (Paxtakor) – 56 ball.
2. Sardor Rashidov (Bunyodkor) – 45 ball.
3. SHerzod Hakimov (Neftchi) – 27 ball.
4. SHaker Zuagi (Olmaliq) – 18 ball.
5. Jamshid Iskanderov (Paxtakor) – 16 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi noyabr oyi kuchli beshligi:

1. Samvel Babayan (Paxtakor) – 64 ball.
2. Vadim Abramov (Lokomotiv) – 52 ball.
3. Vali Keldiev (Mashal yoshlar jamoasi murabbiyi) – 27 ball.
4. Murod Ismoilov (Neftchi) – 18 ball.
5. Seid Seidov (Buxoro murabbiyi) – 13 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика