So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  0 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Babayan nihoyat tavakkalga qo'l urmoqchimi? Yangiliklar

Babayan nihoyat tavakkalga qo'l urmoqchimi?

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov Samvel Babayanning Qirg'iziston bilan bo'ladigan "yopiq" o'yindagi yashirin rejasi haqida to'xtaldi.


Butun O'zbekiston xalqi hozirda terma jamoamizdan mundial chiptasini kutayotgani rost. Barcha kutmoqda, lekin hamma ham ishonmayapti. Bunga sabablar etarlicha: avvalo terma jamoamiz ko'rsatayotgan tushunarsiz o'yin, tushunarsiz taktika va hech kim bilmayotgan o'yin falsafasi.

Terma jamoamiz juda ko'plab tanqidlar yomg'iri ostida qolib ketdi. Gapirilmagan gap, tanqid qilinmagan jihat qolmadi. Murabbiy esa o'z postida qoldi.
Demak bo'lajak o'yinda o'sha murabbiy va katta ehtimol bilan o'sha taktikada o'ynaymiz, deb o'ylayotganlar ko'pchilikni tashkil qiladi.

Avvaldan aytaman, men ham nega Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini "yopiq eshiklar" ostida o'tayotganiga tushunmadim. Lekin buni o'zgartirib bo'lmaydi. Demak, shu kerak va shunday qilinmoqda.

Hozirgi kunda qaysidir raqibdan futbolni yashirish qiyin.

Lekin tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Babayanga shu "yopiq" o'yin kerak ekan, indamang o'ynasin. Qandaydir rejasi bordirki, "yopiq" o'yinga muhtojlik sezibdi. Bizga hozirda eng keraklisi bo'lajak ikkita o'yin: Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi.


Ko'pchilik qanday reja, qaysi o'yinini yashiradi, deyishi mumkin. Ularni to'g'ri tushunaman. Lekin Babayan nihoyat tavakkal qilishga qaror qilgani hayolimga kelyapti.
Ko'pchilik Qirg'iziston bilan o'yinni "yopiq" o'tkazgan taqdirda ham Janubiy Koreya undan keyingi Xitoy bilan o'yinni ko'radiyu, deyishi mumkin.

Menimcha, agarda rostan ham o'sha reja bo'lsa, unda yashirilayotgan reja va yangi taktika bu Xitoy bilan o'yin uchun emas. Bu aynan Koreya uchun maxsus tayyorlanayotgandek. Xitoy bilan esa odatiy taktikada o'ynashimizga ishonaman.
CHunki Babayan yangi rejasi va "kartalari"ni Xitoy bilan o'yinda ochmoqchi emas va aynan Qirg'iziston bilan bellashuvda o'sha "kartalari" bilan o'ynab ko'rmoqchi. SHu boisdan ham o'yinni na muxlislar, na OAV xodimlari ko'rishini istamayapti. Bu tushunarli.
Faqat bitta iltimos, agarda rostan ham scenariy shunday bo'lsa, unda Kirg'iziston terma jamoa operatorlari va mutasaddilaridan o'yin diskini 5 sentyabrga qadar yashirib turishlarini so'rash kerak. CHunki Janubiy Koreya agarda rostan ham shu o'yinga qiziqsa va uni qo'lga kiritishni istasa, avvalo Qirg'iziston terma jamoasiga chiqishi tayin.

Yangi taktika, boshqa reja deyilmoqda. U qanday bo'lishi mumkin? Buni hozir hech kim bilmaydi. Babayanni murabbiy sifatida juda diqqat bilan kuzataman. To'g'risi, hozirgacha murabbiy sifatida kaminada ilik taassurot qoldirolmagan.

Lekin hali aytib o'tganimdek, nihoyat tavakkalga qo'l urmoqchi, nazaraimda.
Bu shunchaki taxmin. O'ylashimcha, Babayan ham hozirgi o'yin uslubi va tarkib tanlashdagi principi bilan Janubiy Koreyani mag'lub etishiga unchalik ishonmayapti va shuning uchun yangi reja tuzmoqda.
Tavakkal deganimda, nafaqat taktik, balki tarkibda ham bir qator o'zgarishlarni nazarda tutdim.
Bu borada ham syurprizlar ko'rsak ajab emas.
Muxlislar kutgan Nesterov, Yaponiyada javlon urayotgan Musaev va Oliy ligada o'z "nayza"sini suqib olayotgan Marat Bikmaevni markaziy hujumda bosh ijrochi sifatida ko'ramiz, shekilli.


Babayan Toshkentdagi o'yinda Antonio Konte joriy etgan Evropa chempionatida joriy etgan taktik sxemadan foydalansa, shaxsan men ajablanmagan bo'lardim.
Hammasi yaxshilikka bo'lsin.

Umid qilamiz, ertaga Qirg'iziston bilan bo'ladigan "yopiq" o'yin yakunda terma jamoamiz foydasiga ishlaydi.
SHunchaki Babayan matbuotda chiqish qilib, muxlislar, jurnalistlar va mutaxassislarni tinchlantirib qo'ysa yaxshi bo'lardi. Havotir olmanglar, ikkitagina o'yin qoldi, biroz sabr qiling, degan qabiladigi gapi bilan hozirda uchrayotgan muxlislar tomonidagi norozichiliklarni ham oldini olgan bo'lardi.

Istaymizmi-yo'qmi, Vatan jamoasi o'yini yaqinlashgani sari murabbiy yoki futbolchilarni qanchalik tanqid qilmaylik, ularni o'sha payt beixtiyor qo'llab-quvvatlaymiz. CHunki futbolda Vatan jamoasining manfaati har narsadan ustun!

Janubiy Koreya bilan bo'ladigan o'yinga puxta reja haqida gapirdik. Ammo ungacha Xitoy bilan hayot-mamot jangi bor. Unda ham bizni g'alaba qanoatlantiradi. Yani, hammasi o'zimizga bog'liq bo'lishi uchun Xitoydan uch ochko bilan qaytishimiz shart!

Ularga qarshi o'yin esa odatiy uslubda, odatiy taktikada o'tishini taxmin qildim.
Biz o'sha odatiy o'ynimiz bilan hozirgi Xitoyni yuta olamizmi? Babayan Lippini Xitoyda dog'da qoldira oladimi?
Janubiy Koreyaga reja tayyorlaymiz, deb Xitoyni unutib qo'ymasligimiz zarur.
Buni terma jamoamizdagilar ham juda yaxshi tushunib turishganiga shubha yo'q.

Kecha terma jamoamizni mashg'ulotiga tashrif buyurdik. Rostini aytish kerak, jamoadagi muhit va kayfiyat negadir bizni xursand qilmadi. Qandaydir quvnoq kayfiyat sezilmadi. Balki bizga shunday tuyulgandir, yana bilmadim.


Nega Nesterovni yana boshlang'ich tarkibda ko'rishimiz mumkin dedim? CHunki bundan avvalgi yig'inda "Zob Ahan" hamda "Ittifoq" klublariga qarshi nazorat bellashuvlarida Babayan birinchi bo'limda, asosiy tarkib futbolchisi sifatida Nesterovni maydonga tushirgandi. Ikkinchi bo'limda esa Lobanov tushgan. Babayan terma jamoa ruliga o'tganidan keyin xoh rasmiy, xoh o'rtoqlik yoki nazorat o'yini bo'lsin Lobanov zaxirada qolishi birinchi bor kuzatildi.
Kecha ham darvozabonlar mashg'ulotidagi mashqlarni bajarishda birinchi bo'lib Nesterov ishga kirishmoqda. Avvallari Lobanov birinchi bo'lardi.
Balki Babayan ko'plab tanqidlardan keyin Nesterovni qo'yishga qaror qilgandir.
SHuningdek, Xitoy bilan o'yinda ham katta ehtimol bilan Islom To'xtaxo'jaev yana o'ng qanot himoyaga qaytsa kerak.

  

Terma jamoamizga murojaat: Kayfiyatni ko'taring! Bo'lajak ikkita o'yin ko'plab terma jamoamiz futbolchilari uchun faoliyatlaridagi eng muhim va unutilmas uchrashuvga aylanishi mumkin. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Barcha Sizlarga ishonadi!

Xitoyni yutib kelinglar, Janubiy Koreyani esa "Bunyodkor" stadionida dahshatli muhit bilan ishqibozlarni o'zlari yutib berishga vada berishmoqda.


Mard bo'lsang, maydonga chiq, deganlaridek, zo'r bo'lsang, shu ikkita o'yinni yut hamda mundialga chiptani qo'lga kirit!
Muhimi omad siz va bizni hech qachon tark etmasin!

SHunchaki eslatma:
(Nazariy jihatdan 2 ochko bilan ham mundialga chiqish imkoniyatiga egamiz. CHunki 2 ochkoni qo'lga kiritsak, Janubiy Koreya Eronga yutqazsa va biz bilan durang o'ynasa, unda Salom, Rossiya deyishimiz mumkin bo'ladi.)


Birlashadigan va terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaydigan payt keldi!


SHahboz Beg'amov

Muallif :
Reyting: +111   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика