So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

BAAning "oltin avlodi" - Bizning "yo'qotilgan avlod"mi? (Mulohaza) Yangiliklar

BAAning "oltin avlodi" - Bizning "yo'qotilgan avlod"mi? (Mulohaza)

Osiyo Kubogida ishtirok etgan BAA terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta uchinchi o'rinni egalladi. Musobaqaga kelishdan oldin jamoa bosh murabbiyi Mahdi Ali qanchalar tanqidga uchramadi deysiz.
Avvaliga jamoa o'z maydonidagi o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekistondan 0:4 hisobida yutqazib qo'ygani uchun tanqid qilindi. Undan keyin Osiyo Kubogi arafasida Quvayt bilan o'rtoqlik o'yini endi boshlanay deb turganda Mahdi Ali futbolchilarni maydondan olib chiqib ketdi. Bunga sabab quvaytlik tasvirchining o'yinni videoga olishga harakat qilgani bo'ldi. Mahdi Ali videoga olinmaydi dedi, bunga Quvayt rozi bo'lmadi, natijada o'yin ham o'tkazilmadi. Keyin yana tanqidlar boshlandi.



Ammo Osiyo chempionati boshlangach, hammasi o'zgarib ketdi. BAA avvaliga bizni 3:0 hisobida enggan Qatarni 4:1 hisobida dog'da qoldirdi. Keyin Bahrayn 2:1 hisobida mag'lub etildi, lekin Mahdi Ali jamoasi oxirgi turda Eronga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1). Mahdi Ali yoshligidan tarbiyalagan yigitlar choark finalda haqiqiy sensaciya ko'rsatishdi. Ular kimsan amaldagi chempion Yaponiyani musobaqadan chiqarib yuborishdi. Uchinchi o'rin kechgan bahsda esa BAA Iroqni mag'lub etdi va bu o'yinda sizu-bizga yaxshi tanish Ahmad Xalil ikkita gol urgan bo'lsa, Ali Mabxut o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. Natijada Ali Mabxut o'zining beshta goli bilan turnir to'purari bo'ldi.

Osiyo Kubogida BAA safida Ahmad Xalil, Umar Abdulrahmon, Ali Mabxut, Amir Abdulrahmon, Muhammad Ahmad kabi futbolchilar o'zlarini ko'rsatishdi. Bu o'sha - 2008 yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritgan yigitlar. O'sha musobaqaning finalida biz ham o'ynagandik va BAAga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandik. Bizdan Kenja To'raev, BAAdan esa Ahmad Xalil (2ta) gol muallifi bo'lgandi. Mana shundan beri oradan olti yildan sal ko'proq vaqt o'tdi. 19 yoshgacha futbolchilar o'sib-ulg'ayib 25 yoshni qarshi olishdi. BAA chempion bo'lganidan so'ng ko'pchilik 1989-1990 yilda tug'ilgan amirlik futbolchilarini "oltin avlod" deya boshladi.  O'shanda ham jamoani Mahdi Ali boshqargandi. Keyinchalik Mahdi Ali BAA olimpiya termasini boshqardi, mana endi milliy terma jamoaga ham murabbiylik qilmoqda.  



2008 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan bir yil o'tib biz ham, BAA ham Misrdagi jahon chempionatida qatnashdi. Keyin yana yillar o'tdi va BAAning o'sha avlodi pishib etilib, aksariyat futbolchilar terma jamoadan joy olishdi. Ayniqsa, Ahmad Xalil - Ali Mabxut - Umar Abdulrahmon uchligi haqida ko'pchilik gapira boshladi. Negaki hozirda hamma ishni shu futbolchilar bajarmoqda. BAAdan farqli o'laroq biz shunday avlodni boy berib qo'ydik. Ehtimol, natijalar bo'yicha maqtana olarmiz, lekin futbolchilarning muntazam terma jamoada o'ynashi bilan maqtana olmaymiz. Bunga fakt sifatida 2008 yilgi Osiyo chempionati finalida maydonga tushgan O'zbekiston (U-19) terma jamoasi tarkibini keltirib o'tamiz:

O'ZBEKISTON: Doniyor Usmonov, Murod Xolmuhamedov, Islom To'xtaxo'jaev, SHerzod Azamov, Jasur Hasanov (Sanat SHixov, 75), Sunnatilla Mamadaliev, Zohid Raupov (Davron Mirzaev, 41), Dilyorbek Ermatov, Fozil Musaev, SHerzod Karimov, Kenja To'raev.



Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogiga bu tarkibdan birgina Islom To'xtaxo'jaev bordi. Ammo u ham Xitoyga qarshi bahsning ikkinchi taymida maydonga tushib, ko'ngildagidek harakat qila olmadi. Qolaversa, terma jamoamiz 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Qolgan futbolchilar esa hatto o'zimizning oliy ligada ham yulduz darajasiga chiqa olishmadi. Va bunga aybdor sifatida avvalo murabbiylarni, keyin esa futbolchilarning o'zini ko'rsata olamiz. Mana shu tarkibdan keyinchalik Ahmad Xalil, Ali Mabxut, Umar Abdulrahmonga o'xshagan kuchli futbolchilar chiqa oladimi? Bizningcha, yo'q. CHunki bu o'yinchilar terma jamoa tugul, hatto o'z klublarida ham asosiy tarkibning to'laqonli azosi, boshqacha aytganda etakchisi sanalmaydi. Qolaversa, futbolchilar 25ni urib qo'yishdi va buyog'iga mo'jiza kutish qiyin. Nahotki endi BAAning "oltin avlodi" - bizning "yo'qotilgan avlod"mi deya ikki bo'sh qo'limizni bir-biriga ishqalab turaversak?

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика