BAAdan qaytgan "Paxtakor" Superliganing 1-turiga taraddud ko'rmoqda
26 fev 2018 16:12
Yangiliklar
BAAdan qaytgan "Paxtakor" Superliganing 1-turiga taraddud ko'rmoqda
"Paxtakor" Superliganing dastlabki turida o'z uyida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini qabul qiladi.
"SHerlar" bugundan etiboran ushbu bellashuvga taraddud ko'rishni boshlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.
SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa "Jar" stadionida mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. Bunga qadar "Paxtakor" ikkinchi xorij yig'inini BAAning Dubay shahrida o'tkazib qaytgandi. 24 fevral kuni Toshkentga qaytib kelgan "sherlar" bir kunlik tanaffusdan keyin "So'g'diyona"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" jamoasi 2 mart kuni Superliganing 1-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi bahs boylaydi.
Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar