So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

BAAda Osiyo Kubogi–2019 ga bag'ishlangan seminar boshlandi Yangiliklar

BAAda Osiyo Kubogi–2019 ga bag'ishlangan seminar boshlandi

Bugun, 2018 yilning 27 sentyabr kuni birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida futbol bo'yicha Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga bag'ishlangan seminar o'z ishini boshladi.

Seminarda Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi barcha terma jamoalarning vakillari ishtirok etishadi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad, Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonlar muhokama, qilinib musobaqa boshlangunga qadar bo'lib o'tadigan tadbirlar ko'rib chiqiladi. Seminarda o'zbekiston futbol associaciyasidan Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, Matbuot xizmati boshlig'i, terma jamoa shifokori hamda havfsizlik bo'yicha oficer ishtirok etmoqda.
 
Ushbu seminar 4 kun davom etadi. Seminarning dastlabki 2 kunida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinsa, so'nggi 2 kunida terma jamoalar vakillari o'z jamoalari o'yinlarni o'tkazadigan shaharlarga tashrif buyurib, o'yinlar o'tkaziladigan stadionlar, mehmonxonalar, mashg'ulot maydonlarini ko'zdan kechirib, tashkilotchilar bilan barcha tashkiliy ishlar kelishib olinadi. Agar vakillar tomonidan qandaydir kamchiliklar aniqlansa, bu haqida tashkilotchiga malumotlar taqdim etiladi.

Seminar davomida OFK vakillari terma jamoalar mutasaddilarini chempionat reglamenti bilan to'liq tanishtirib, butun musobaqa davomida amalga kiritilishi mumkin bo'lgan yangilik va o'zgarishlar haqida malumotlar beriladi. Futboldagi xavfsizlikni taminlash maqsadida qoidalar takomillashtirib boriladi. Musobaqada davomida ko'zda tutilmagan vaziyatlar yuzaga kelsa, qanday harakatlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Mezbon davlatning iqlimini inobatga olib, shifokorlarga ham tegishli tavsiyalar beriladi.

Osiyo kubogi 2019 yil 5 yanvar kuni boshlanadi. O'zbekiston esa dastlabki o'yinini 9 yanvar kuni SHarja shahrida Ummonga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Turkmanistonga qarshi o'yin 13 yanvar kuni, Yaponiyaga qarshi bahs esa 17 yanvar kuni Al-Ayn shahrida o'tkaziladi.  
 
Osiyo kubogi – 2019
 
Guruh bahslari. F guruhi.
 
2019 yil 9 yanvar

Yaponiya – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 16:00
O'zbekiston  – Ummon, SHarja, soat 18:30
 
2019 yil 13 yanvar
Ummon – Yaponiya, Abu-Dabi, soat 18:30
Turkmaniston  – O'zbekiston, Al-Ayn, soat 21:00
 
2019 yil 17 yanvar
Ummon – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 18:30
Yaponiya  – O'zbekiston, Al-Ayn, soat 18:30

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика