BAA tarkibni elon qildi, biz-chi?
24 fev 2014 14:34
Yangiliklar

BAA tarkibni elon qildi, biz-chi?
Esingizda bo'lsa kerak, 5 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida BAAni qabul qiladi.
Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan mazkur bellashuv haqida hozircha hech kim gapirayotgani yo'q. Biznikilar qishki uyqudan endi-endi uyg'onishayotgan bir paytda BAA termasi bosh murabbiyi Toshkentga keladigan futbolchilar ro'yxatini shartta elon qildi. Bu haqda BAA FA rasmiy sayti xabar berdi.
Ro'yxatga jami 24 nafar futbolchi jalb qilingan. Terma jamoa ustozi Mahdi Ali ekanligidan xabaringiz bor. SHu o'rinda futbolchilar nomini keltirib o'tsak:
Abdul Aziz Haykal, Abdul Aziz Sanqur, Ismoil Al Hammadi, Ahmad Xalil, Volid Abbos, Majid Hassan, Muhammad Favzi, Xabush Saleh, Ali Xsif, Ali Mabxut, Xolid Issa, Muhammad Ahmad, Ismoil Ahmad, Muhammad Al Anzi, Muhammad Abdulrahmon, Habib Fardan, Hamdan Al Kamali, Issa Ahmad, Salim Saleh, Muhammad Yusuf, Ahmad Xamis, Bandar Al Ahbabi, Muhammad Nosir.
Terma jamoa azolari 27 fevraldan o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlashadi. Ular 3 mart kuni Toshkentga etib kelishadi. Malumot o'rnida, har ikkala terma jamoa ham Osiyo Kubogi yo'llanmasini hal qilib bo'lgan. SHunga qaramay, uchrashuv o'ziga yarasha qiziq kechishi kutilyapti.

Fikrlar