BAA Pro ligasi. Erkinovning golli uzatmasi "Al Vahda"ga 1 ochko taqdim etdi
13 fev 2024 20:20
Yangiliklar
BAA Pro ligasi. Erkinovning golli uzatmasi "Al Vahda"ga 1 ochko taqdim etdi
Birlashgan Arab Amirliklari Pro ligasining 13-turidan o'rin olgan "Al Vahda" - "SHarja" uchrashuvi yakunlandi.
Mazkur bahsning 31-daqiqada mezbonlarning o'zbekistonlik vingeri Hojimat Erkinovning pasidan so'ng Ahmad Nurulloh "Al Vahda"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida esa Sebastyan Tagliabue hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi — 1:1.
O'zbekistonlik futbolchi uchrashuvda to'liq harakat qildi.
Ayni damda "Al Vahda" 21 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi uchrashuvini 25 fevral kuni "Al Bataex"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar