So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

BAA - O'zbekiston o'yiniga kam vaqt qolmoqda Yangiliklar

BAA - O'zbekiston o'yiniga kam vaqt qolmoqda

Bugun O'zbekiston U-22 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichida oxirgi o'yinini o'tkazadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari saralashning oxirgi tur uchrashuvini BAA yoshlariga qarshi bahs olib borishadi. O'yin bizning vaqt bilan 19:25da boshlanadi. 

Yaxshi bilasiz, guruhdagi avvalgi ikkita o'yinda g'alaba qozonganmiz. Yoshlarimiz dastlab Livanni 3:1, keyin Nepalni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. O'z navbatida BAA ham bu jamoalarni mag'lubiyatga uchratdi. BAA - Nepal 5:0, BAA - Livan 1:0. 

Uchinchi tur oldidan BAA U-22 terma jamoasi faqat to'plar nisbatiga ko'ra guruhda etakchilik qilmoqda. Vaholanki, ularning ochkosi biz bilan teng. Bugungi o'yinda g'alabagina terma jamoamizni birdaniga Osiyo chempionatiga olib chiqadi. Agar durang o'ynasak, saralashni ikkinchi o'rinda tugatamiz va boshqa guruhlarning natijasini kutishimizga to'g'ri keladi. Yutqazib qo'ysak ham xuddi shunday vaziyatda qolamiz. 

Albatta, bugungi bellashuvda futbolchilarimizdan faqat g'alaba kutib qolamiz. SHunda qolgan guruhlarda boshqalar qanday o'ynar ekan deb kutib o'tirmaymiz va bu yog'iga faqat Osiyo chempionati haqida o'ylaymiz. Eslatib o'tamiz, navbatdagi U-22 Osiyo chempionati 9-27 yanvar kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика