BAA - O'zbekiston o'yinini misrlik hakam boshqaradi
07 okt 2014 21:19
Yangiliklar
BAA - O'zbekiston o'yinini misrlik hakam boshqaradi
14 oktyabr kuni Abu-Dabi shahridagi "Muhammad Bin Zayd" stadionida o'tkaziladigan BAA hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar nomi malum bo'ldi.
BAA futbol associaciyasi taklifiga binoan bo'lajak o'yinni misrlik FIFA referisi Ibrohim Al Sayid boshqaradi. Unga qanotlarda Aymed Xussam va Ahmad Abdulla yordam beradi. Zaxiradagi hakam vazifasini esa amirlik Muhammad Abdul Karim bajaradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Dubay shahridagi "Sevens" stadionida Bahrayn terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Fikrlar