BAA oxirgi 18ta o'yinda mag'lub bo'lmagan
18 noy 2013 17:40
Yangiliklar

BAA oxirgi 18ta o'yinda mag'lub bo'lmagan
Birlashgan Arab Amirliklar terma jamoasi oxirgi marta 2012 yil sentyabr oyida mag'lub bo'lgan.
Mahdi Ali boshchiligidagi terma jamoa oxirgi 22ta rasmiy o'yindan faqat 1tasida mag'lubiyatga uchragan. Bu o'yin 2012 yil 6 sentyabr kuni Yaponiyaga (0:1) qarshi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida bo'lib o'tgandi. SHundan so'ng bo'lib o'tgan 18ta o'yinda BAA mag'lubiyatga uchramagay kelmoqda.
Bu davr mobaynida BAA O'zbekistonga qarshi ikki marta o'ynagan. 2012 yil oktyabr oyida o'rtoqlik maqomidagi o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan bo'lsa, shu yilning mart oyida OK-2015 saralashi doirasidagi bahsda arablar 2:1 hisobida zafar quchishgandi.
Osiyo kubogi-2015 yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan BAA 19 noyabr kuni o'z uyida Vetnamni qabul qiladi.
2014 yilning 5 mart sanasida ushbu jamoa Toshkentda O'zbekistonga qarshi o'ynaydi.

Fikrlar