BAA yig'ini oldidan, maydondagi so'nggi mashg'ulot fotolari
29 noy 2014 10:05
Yangiliklar


BAA yig'ini oldidan, maydondagi so'nggi mashg'ulot fotolari
Qor yog'adimi yoki yomg'ir, terma jamoamiz yashil maydondagi mashg'ulotlarini bir zum bo'lsada to'xtatmadi.
28 noyabrdagi mashg'ulotlar ham "JAR" stadionida bo'lib o'tdi. Bu safar fotoapparat "ruli"da Xayrulla Xoliqov bo'ldi. Marhamat, suratlarni tomosha qiling.
- Terma jamoamizning ishongan darvozabonlari. Ular bizni Osiyo Kubogida muqarrar gollardan saqlashlariga ishonamiz!
- Bugunga kelib terma jamoamizda 22 nafarga yaqin futbolchi shug'ullanyapti. Ularning oldiga yana 7 nafar legionerlarimizni qo'shadigan bo'lsak, raqobat ancha keskin. Osiyo Kubogiga bor yo'g'i 23 nafar futbolchi boradi. SHulardan uch nafari darvozabonlar. Osiyo Kubogi bu katta forum, bu bozor, bu tarix... Buni hamma tushunib turibdi, unga hamma tayyorgarlik ko'rayapti. Unda hamma ishtirok etishni istaydi. SHunday ekan, tinim bilmang yigitlar!
- Garchand raqiblar darvozasini ko'p ham ishg'ol qilavermasada, kamida ikkita himoyachini o'zi bilan ergashtirib yuruvchi, jamoadoshini erkin zonaga chiqarib qo'ya olishi bilan muxlislarga yoqadigan Murzoev, Osiyo Kubogiga bora oladimi? Buni ham albatta vaqt ko'rsatadi.
- Osiyo Kubogidan keyin huddi shunday ko'rinishda, Sardor Rashidov ham ketishi mumkin. Lekin qaerga? Faqat arablarga emas, bu yoshda kamida SHarqqa yoki bizga yaqin bo'lgan Evropaga.
- Hattoki Kopadze ham o'z taqdirini Osiyo Kubogidan keyin hal qilish niyatida ekanligini takidlab o'tdi. Terma jamoadagi so'nggi 2ta o'yini (Yangi Zellandiya va BAA) uni ikkinchi yoshligini o'z boshidan o'tkazayotganligini bildirayotgandek. Avstraliyadagi Osiyo Kubogi "Kopa" uchun so'nggisi. Buni o'zi ham yaxshi tushunib turibdi. Bu yarim himoyachining futbolchilik faoliyatidagi TO'RTINCHI Osiyo Kubogi bo'ladi.

Fikrlar