So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Italiya Superkubogi, B Seriya rekordi... Aka-uka Inzagi murabbiy sifatida nimalarga erisha oladi? Yangiliklar

Italiya Superkubogi, B Seriya rekordi... Aka-uka Inzagi murabbiy sifatida nimalarga erisha oladi?

Inzagi familiyasini eshitgan futbolning uncha-muncha muxlisi befarq o'tib keta olmasa kerak.

Aynan u sabab millionlab bolakaylar futbolga, bevosita "Milan"ga muxlis bo'lib qolgan, mahallalarda o'zlarini Pippo deb chaqirishlarini istardi.

Hozirgi davrga kelib esa Filippo Inzagi murabbiy sifatida B Seriya rekordini o'rnatdi – uning "Benevento"si 19 turda 46 ochko to'pladi.

Simone Inzagi "Lacio" rekordini yangiladi – chempionat doirasida qatorasiga to'qqizta g'alaba, parallel ravishda Italiya Superkubogi qo'lga kiritildi.

Aka-ukalar endi murabbiy sifatida natija ko'rsata boshladi, ular qanday natijaga erisha olarkin? Umuman murabbiy sifatida qay darajagacha chiqa olishadi? Buni vaqt ko'rsatadi, ammo boshlanishi unchalik yomon emas.

Ularning otasi Jankarlo shunday deydi:

"Biz 40 yil oldin qanday bo'lgan bo'lsak, o'sha-o'shamiz. Kuniga 3-4 marta gaplashib turamiz. Simone doim o'yin tugagach telefon qiladi. Uchrashuv tugagach, u telefon qilguncha, ko'pi bilan 4 daqiqa o'tadi. Bazan faqat ikki og'iz gap aytadi, bazan ko'proq gaplashamiz. Superkubokdagi g'alabadan so'ng u menga maydondaligidayoq telefon qildi. 

Pippo final hushtagidan 15-20 daqiqa o'tgach, qo'ng'iroq qiladi. Ko'pincha biz taktika borasida bahslashamiz".

"Pippo "Yuventus" rekordini yangilay oldi. Tasavvur qilyapsizmi, axir o'shanda jamoada Buffon, Del Pero, Trezege, Kamoranezi va ko'plab yulduzlar harakat qilardi… Bu ulkan xursandchilik, katta natija. "Lacio"ning Superkubokdagi g'alabasi ham undan qolishmas hislarni taqdim etdi".

"Xasad? Bizning oilamiz lug'atida bunday so'zning o'zi yo'q. Ular bir-birlarining g'alabasidan quvonadilar va biror ish o'xshamasa, bir-birlariga qayg'uradilar. Ular bahslashgani yoki bir-birlarini tanqid qilganlarini hech qachon eshitmaganman".

"O'yinlarni qanday tomosha qilamiz? Ayolim boshqa xonada, men mehmonxonada ko'raman. Pardalar to'liq tortiladi, hech qanday yorug'lik bo'lmasligi kerak. 15 daqiqadan so'ng xona tutun bo'lib ketadi. Faqatgina o'yin kunlari men tamaki va likyorga murojaat qilaman". 

"Benevento" prezidenti Pippo bilan suhbatdan so'ng, undan hayratda qolganini aytgandi. Ularning birinchi uchrashuvidan 10 daqiqa o'tgach, Filippo stolda apelsinlar yordamida prezidentga jamoa qanday harakat qilishini tushuntirib ketgan.

Umid qilamanki, ularning har ikkisi yaxshi murabbiy bo'lib etishadi. Asosiysi biz har qanday vaziyatda bir-birimizni tashlab qo'ymaymiz. Menimcha, oila ana shunday bo'lishi kerak".



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика