So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  4 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

B PRO-liga. PFL bir yo'la ikki klubga texnik mag'lubiyat yozdi Yangiliklar

B PRO-liga. PFL bir yo'la ikki klubga texnik mag'lubiyat yozdi

Ayni paytga kelib A va B Pro-ligada mavsum o'zining ayni qizigan pallasiga yaqinlashmoqda.

Jamoalar hozirga kelib 9 tadan uchrashuvlar o'tkazib ulgurishdi. Biroq PFL oldidagi majburiyatlarini hamon to'la bajarmay kelayotgan klublar ham yo'q emas.

Jumladan, “Ittifoq Buxoro” klubi haligacha badal pulini to'lab ulgurgani yo'q.

Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o'tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klub tomonidan zarur harakat amalga oshirilmadi.

SHu sababdan bugungi B Pro-liga 10-turi doirasidagi “G'ijduvon”ga qarshi bahsda “Ittifoq Buxoro” klubiga texnik mag'lubiyat yoziladi.

Qayd etish joiz, B Pro-liga 9-turi doirasidagi “Zomin” bilan o'yinda ham mazkur klubga texnik mag'lubiyat yozilgan edi.

Natijada “Ittifoq Buxoro” jamoasi hisobidagi texnik mag'lubiyatlar soni 2 taga etdi va endi klubni B Pro-liga bahslaridan chetlatish masalasi ko'rib chiqiladi.


SHuningdek, “Ittifoq Navoiy” klubi ham haligacha badal pulini to'lab ulgurgani yo'q.

Professional futbol ligasi Sport musobaqalarini o'tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi yuqoridagi klublarga mazkur masalani yaqin vaqt ichida hal etish uchun ogohlantirish xati yuborgan edi. Biroq klub tomonidan zarur harakat amalga oshirilmadi.

SHu sababdan bugungi B Pro-liga 10-turi doirasidagi “Ittifoq Navoiy” – “Orol” o'yinda Navoiy klubiga texnik mag'lubiyat yoziladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика