Azmun "Roma"da Jekoga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. SHort-listda shuningdek, Lyakazett, Abraxam, Ikardi va Isak bor
09 avg 2021 10:25
Yangiliklar


Azmun "Roma"da Jekoga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. SHort-listda shuningdek, Lyakazett, Abraxam, Ikardi va Isak bor
"Zenit" hujumchisi Serdar Azmun "Roma" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.
Rimliklar 26 yoshli eronlik futbolchini "Inter"ga o'tishga yaqin bo'lgan Edin Jekoga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Tottenxem"da ishlab yurgan paytidayoq Azmunni xarid qilishni xohlagandi.
"Bo'rilar" Aleksandr Lyakazett ("Arsenal"), Andrea Belotti ("Torino") va Mauro Ikardi (PSJ)ning ijarasini o'rganmoqda. Klub shuningdek, Temmi Abraxam ("CHelsi") va Aleksandr Isak ("Real Sosedad")ga qiziqmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar