Azizjon G'aniev "SHabab Al Ahli" bilan shartnomasini uzaytirdi
23 iyu 2023 15:39
Yangiliklar
Azizjon G'aniev "SHabab Al Ahli" bilan shartnomasini uzaytirdi
O'zbekistonlik yarim himoyachi faoliyatini o'z klubida davom ettiradigan bo'ldi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, BAA chempioni "SHabab Al Ahli" klubi Azizjon G'anievga 1+1 ko'rinishidagi yangi shartnoma taklif qilgan. O'zbekistonlik yarim himoyachi ushbu taklifni qabul qilgan va shartnoma uzaytirilgan. Ikki kundan keyin G'aniev klub ixtiyoriga etib boradi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Malumot uchun, "SHabab Al Ahli" 15 avgust kuni OCHL saralash bosqichida Iordaniyaning "Al Vihdat" klubini qabul qiladi. Ushbu juftlik g'olibi 22 avgust kuni Saudiya Arabistonida "Al Nassr" klubi bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurashadi.
BAAda yangi mavsum 18 avgust kuni start oladi. "SHabab Al Ahli" 1-turni safarda "Ajman"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar