So’nggi yangiliklar

12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  0 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  6 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  2 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0

Azizbek To'lqinbekov: "Hammasi endi boshlandi, hissiyotlarga berilishga erta" Yangiliklar

Azizbek To'lqinbekov: "Hammasi endi boshlandi, hissiyotlarga berilishga erta"

Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi bugun U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi yurishini boshladi.

Gollarga boy o'tgan o'yinda terma jamoamiz Kambodjani 7:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuv qahramonlaridan biri Azizbek To'lqinbekov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Saralashdagi birinchi o'yin juda yaxshi o'tdi deya olaman. Dastlabki daqiqalarda moslashish biroz qiyin bo'ldi, lekin buni engib o'tdik. Hissiyotlarga berilishga hali erta, chunki endi boshladik. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Albatta, har bir o'yinga jiddiy etibor beramiz.

Raqiblarga men baho berishim noto'g'ri bo'ladi. Biz raqib darajasiga qarab o'ynamaymiz. Saralashdagi hamma o'yin muhim. Maqsadimiz – birinchi o'rinni qo'lga kiritgan holda keyingi bosqichga chiqish", – deydi Azizbek To'lqinbekov. 

Malumot uchun, vakillarimiz navbatdagi uchrashuvini 25 sentyabr kuni Nepalga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика