So’nggi yangiliklar

14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  3 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  4 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27

Azizbek Haydarov termamizga omad tiladi Yangiliklar

Azizbek Haydarov termamizga omad tiladi

"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Azizbek Haydarov yangi mavsum oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Lokomotiv"da tanishlarim juda ko'p. Bu erdagilar meni chaqirishdi. Men bunga yo'q demadim.

O'tgan yili "Bunyodkor" safiga qaytdim. "Lokomotiv"ning o'yinlarini bevosita kuzatdim. CHunki jamoada do'stlarim juda ko'p. Yigitlardagi eng yaxshi hususiyatlardan biri hamjihatlik. Barcha bir oiladek. Klubda o'ziga yarasha ajoyib atmosfera bor. O'yinga kelsak, jamoa o'tgan mavsumda chiroyli o'yinlar ko'rsatdi. Nima bo'lsa ham jamoa o'z uslubini yo'qotmaydi. Jamoaning o'yin uslubidan hulosalar chiqargan holda bu erga keldim. "Lokomotiv"ga qaytganimdan juda ham xursandman.

"Lokomotiv" oldiga har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Jamoa so'nggi 3 mavsumda chempionlikni hech kimga bermadi. Jamoaning maqsadi o'zgarmagan. CHempionlikni, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish. Osiyo chempionlar ligasida ham yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. "Lokomotiv" - O'zbekistondagi eng yaxshi jamoalaridan bittasi. SHu boisdan klub o'zi qatnashadigan barcha musobaqalarda yuqori maqsadlar uchun o'ynaydi. SHuning uchun ham ushbu jamoaga keldim. Xudo xohlasa maydonda va uning tashqarisida ushbu maqsadlar yo'lida jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

Hozirda Dubayda yangi mavsum uchun tayyorgarlik ketmoqda. Kuniga 2 mahal mashg'ulotlarni olib boryapmiz. Futbolchilar ham doim shunday og'ir mashg'ulotlardan, qiyinchiliklardan o'tmasa, mavsum davomida juda qiyin bo'ladi. O'zim ham shunday mashg'ulotlarni sog'ingandim. Bundan rohatlanyapman. Qiyinchilik bor joyda rohat bo'ladi. Mashg'ulot tizimi tufayli hozirda barchaga juda qiyin bo'lmoqda. SHu tufayli keyinchalik o'yinlarda unchalik qiyin bo'lmaydi.

Terma jamoadagilarning barchasi mening akalarim, ukalarim, do'stlarim. Termada bo'lamanmi yoki yo'q yuragim bilan men ular bilan birgaman. Har doim ularga omad tilayman. Turkmaniston bilan o'yin arafasidamiz. Umid qilamanki, termamiz o'z hisobiga 3 ochkoni yozib qo'yib, keyingi bosqich masalasini hal qiladi. Nasib bo'lsa, butun bir jamoa bo'lib o'yinga borishga harakat qilamiz. Milliy termamizga omad tilayman.

Milliy terma jamoa bizning yuzimiz deb hisoblayman. Ular o'zlarini ko'rsata olishsa, chet el klublarida o'ynashadi. SHu orqali ular milliy jamoamizning yanada kuchayishiga o'z hissasini qo'shishadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика