So’nggi yangiliklar

15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  0 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  14 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25

Azizbek Haydarov "Bunyodkor" akademiyasi rahbari sifatida ish boshladi. SHuningdek, klub stadioniga yangi direktor tayinlandi Yangiliklar

Azizbek Haydarov "Bunyodkor" akademiyasi rahbari sifatida ish boshladi. SHuningdek, klub stadioniga yangi direktor tayinlandi

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida so'nggi davrda qator yangi loyihalarga qo'l urilayotgani haqida xabar berib o'tilgan edi.

Kuni kecha "O'zbekneftgaz" akciyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasi azosi Mehriddin Abdullaev “Bunyodkor”ning faoliyatini yanada rivojlantirish borasida tegishli masul mutaxassislarga navbatdagi topshiriqlarni berdi.

Yig'ilishda futbol klubi prezidenti ayniqsa, “Bunyodkor”ning bugungi kundagi yosh futbolchilarni tayyorlash tizimini tanqid ostiga oldi.

"Akademiya faoliyati yuzasidan o'tkazilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, tez kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasida tub islohotlar amalga oshirish jarayonini boshlash kerak. Futbolchilarni tarbiyalash bo'yicha yangi, bugungi kun talabiga to'liq javob beradigan, evropacha futbol andozalariga mos maqsadli dastur ishlab chiqish zarur. Bundan asosiy maqsad – bu orqali akademiya hamda klubning faoliyatini transformaciya qilish, yani mavjud tizim, shart-sharoitlar va oldingi rivojlanish dasturini qaytatdan yangilash, muhitni yaxshilash", – dedi klub prezidenti.

Malakali murabbiylar, skaut, selekcioner va shu kabi boshqa zamonaviy kadrlar bilan taminlanish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olishdan iborat bo'lgan selekciya tizimi, futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik holati, ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash metodologiyasi, yoshlar orasida adolatli va sog'lom raqobat yaratish, futbol infratuzilmasi va akademiyaning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda mavzuga oid boshqa masalalarda sezilarli kamchiliklar kuzatilayotganligi takidlandi. Ularni imkon qadar qisqa fursat ichida to'liq bartaraf etib, rivojlanishda yuqori o'sish va samara ko'rsatish, asosiy jamoaga mahoratli va iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berish ko'rsatkichini, yani akademiyaning foydali ish koefficientini keskin oshirish "Bunyodkor" akademiyasiga masullar uchun yaqin kelajakdagi eng dolzarb vazifalar ekanligiga katta urg'u berildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Bunyodkor" futbol klubi prezidenti tomonidan tashkiliy masala ko'rildi hamda 27 iyun kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasiga yangi direktor tayinlandi. Avval xabar berganimizdek, ushbu lavozimga yurtimiz futbolidagi ko'zga ko'ringan vakillardan bo'lmish Azizbek Haydarov loyiq topildi. O'z vaqtida “qaldirg'ochlar” safida uzoq yillar davomida to'p tepgan Haydarov endilikda "Bunyodkor" FKda mahoratli futbolchilarni tayyorlash tizimida faoliyat olib boradi.

O'tgan haftaning so'nggi kunlarida esa “Bunyodkor” stadioni, yani “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasining faoliyatiga oid tanqidiy majlis o'tkazilgan edi.

Direkciya "Bunyodkor" stadionidagi inshootlarni yaxshi holatda saqlab turgan hamda musobaqalar va o'yinlar uchun kerakli xonalar va boshqa joylarni etarli holatda taminlay olayotgan bo'lsada, futbol o'ynash uchun eng dolzarb bo'lgan jihat – maydonni, mana bir necha mavsumlarki, ko'ngildagiday darajada tayyorlay olmayotganligini tanqid qilgan edi "Bunyodkor" futbol klubi prezidenti.

Bosh homiy "O'zbekneftgaz" AJ tomonidan direkciyaning faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligiga qaramasdan, asosiy masala – maydon va chim holatining yaxshi emasligi ko'pchilikning, ayniqsa, futbol jamoatchiligining etirozlariga sabab bo'layotganligi aytilib, buni yaqindagina o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi o'yinlari ham yaqqol ko'rsatganligi bildirilgandi.

Natijada, 24 iyun kuni "Bunyodkor" stadioniga ham yangi direktor tayinlandi. Bu lavozimni shu kungacha “Nasaf” jamoasining uy arenasi – Qarshidagi Markaziy stadionda direktor bo'lib ishlab kelgan SHerzod Haqberdiev egalladi.

"Bunyodkor" FK prezidenti SHerzod Haqberdiev oldiga, birinchi navbatda, maydon chimining holatini butunlay hamda talabga javob beradigan qilib yaxshilash vazifasini qo'ydi. SHuningdek, "Bunyodkor" stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direkciyasining boshqa yo'nalishdagi faoliyati ham tahlil qilib chiqilib, zarur xulosalar yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilishi belgilandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика