So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  1 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  7 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  7 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Azizbek Amonov: "Lokomotiv"ning o'yinidan barcha muxlislar zavq olishini istayman" Yangiliklar

Azizbek Amonov: "Lokomotiv"ning o'yinidan barcha muxlislar zavq olishini istayman"

Superliganing 18-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" futbolchisi Azizbek Amonov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Surxon"ga qarshi o'yin oson o'tmadi. Garchi, turnir jadvalida ular pastki qatorlarda borayotgan bo'lsa-da, ularni etakchilar kabi baholadik. Ularga ham ochkolar kerak edi. SHu boisdan ham yutishimiz shart edi.

- O'yindan keyingi matbuot anjumanida Mikael Sekeyradan "Azizning markaziy hujumda o'ynashi sizning g'oyangizmi yoki uning o'zi shu nuqtada ochilmoqdami?" deb savol berildi. Bunga Siz qanday javob berasiz?
- Murabbiyning talablarini bajarishga harakat qilyapman. Bunday qilayotgan faqatgina men emasman. Har bir futbolchi o'zining hissasini qo'shmoqda va murabbiylarning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilmoqda. Barchamiz bosh murabbiyga ishonamiz. Jamoaning o'yini yaxshilanayotgani sezilmoqda va har birimiz bu yo'lda o'z hissamizni qo'shishga intilyapmiz.

- Uchrashuvni tomosha qilish uchun O'zbekiston milliy termasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham keldi. Bu sizga qo'shimcha kuch beradimi?
- To'g'risini aytsam, uning kelganini bilmagandim. U boshqa o'yinga ketsa kerak deb o'ylagandim. "Lokomotiv"ning oldida ko'plab o'yinlar bor. Hozir faqatgina "Loko" haqida o'ylayapman. Oldimizga jiddiy maqsadlar qo'yilgan va uni bajarish kerak. SHu sababli o'yinlarimizdan barcha muxlislar zavq olishini istaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика