Aziz Turg'unboevning yaqini: "Gap pulda emas, Aziz OCHL tufayli "Paxtakor"ga o'tmoqchi"
10 dek 2018 19:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466562_original.jpg)
![](/upload/storage/466562_220.jpg)
Aziz Turg'unboevning yaqini: "Gap pulda emas, Aziz OCHL tufayli "Paxtakor"ga o'tmoqchi"
Mavsum yakunlangach futbolimizda oldi-sotdi ishlari allaqachon boshlanib ketgan.
Xususan, "Navbahor"ning bir qancha o'yinchilariga "sovchilar" bisyor.
Aziz Turg'unboev ham "Navbahor"ni tark etishi mumkin. Bu haqda uning yaqinlaridan biri lochinlar.uz saytiga malum qildi:
"Aziz o'tgan yili "Paxtakor"ga o'tishi kerak edi. Ammo ko'pchilikning fikriga quloq solib yana bir mavsum Namanganda to'p tepgandi. Menimcha, endi Turg'unboev boshqa kuchliroq jamoaga o'tsa kerak. Xalqaro o'yinlarda o'ynashni istayapti. Afsuski, "Navbahor" keyingi mavsum OCHLda ishtirok etmaydi. SHuning o'zi Azizni ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Gap pulda emas. O'zimga qolsa, Turg'unboev yana bir yil shu erda o'ynashini istardim. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Azizning ketishini 60%-40% deb baholagan bo'lardim", - deydi uning yaqini.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar