So’nggi yangiliklar

13:24Жибриль Сиссе панжара ортида ўтириши мумкин  0 12:55"Манчестер Сити" январь ойидаги трансфер мақсадини белгилаб олди  1 12:30Украина футзал терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:532016 йилги жаҳон чемпиони Аргентина терма жамоасининг "Ҳумо Арена"даги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:25"Насаф" легионери 3 та ўйинга дисквалификация қилинди, Иван Бошкович ва Рўзиқул Бердиевга интизомий чора кўрилди  29 10:51Роналду кейинги йилларда "Олтин тўп"га асосий даъвогарлар кимлар бўлишини маълум қилди  11 10:15Бразилия термаси устози ваъда берди  4 09:42ЦСКА голеадор ҳужумчи билан шартнома тузди  3 09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  2 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  3 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  2 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  25 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  9 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2

Aziz To'xtamurodov: "Men "SA"ga qanday kelganman?" Yangiliklar

Aziz To'xtamurodov: "Men "SA"ga qanday kelganman?"

Yangi 2015 yil kirib kelishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda.
Bayram tuhfasi sifatida saytimiz o'quvchilariga yangi loyihani taqdim etamiz. Loyiha Men SAga qanday kelganman? deb nomlanadi va unda sayt ijodkorlarining qanday qilib championat.asiaga kelishgani haqida so'z boradi.

2014 yil, 27 yanvar.
Kechki payt odatdagidek dars qilish uchun kompyuter qarshisiga o'tirdim. Internetga kirdim. Yo'l-yo'lakay so'nggi futbol yangililiklarini bilish uchun "SA"ga ham kirdim.
 
Xabarlar lentasi orasida yangi ochilayotgan sport saytiga xodimlarni qabul qilish haqidagi elonga ko'zim tushib qoldi. Qiziqib o'sha xabarga kirdim. Har ehtimolga qarshi xabar ichida yozib qo'yilgan telefon raqamni saqlab qo'ydim. Keyin o'yladim: men talaba bo'lsam... Ularga esa kun bo'yi ishlaydigan xodim zarur. Yo'q, menimcha, mening variantim to'g'ri kelmaydi. SHu sababli qo'ng'iroq qilishga xijolat bo'ldim. Ha mayli, raqam turaversin-chi...

28 yanvar.
Odatdagidek ertalab uyg'onishim bilan "WhatsApp"ga kirdim. Aloqalar bo'limiga kirsam yana bir raqam qo'shilib qolibdi. Ha, kecha saqlab qo'ygan edim-ku... Yaxshilab qarasam Nodirxo'ja Yuldashevning farzandlari bilan tushgan rasmi turibdi. Kontaktga kirib ko'rdim. Onlayn. Tavakkal yoza boshladim. Ularga o'zimning talaba ekanligimni, o'qish yo'nalishim esa jurnalistika sohasi emasligini aytdim. Ular bu katta ahamiyatga ega emasligini aytib, qaysi manzilda qanday vaqtda suhbat bo'lishini aytib o'tdilar. "CA" tahririyati o'qishimdan uzoqda emas ekan. Kechki payt sayt ofisiga boradigan bo'ldim.

Kechki payt. O'qishdan chiqdim. Yana o'sha raqamga qo'ng'iroq qildim. Avvaliga manzilni aniq tushunmadim. O'zim tushunganim bo'yicha tahririyat yonidagi bino oldiga bordim. Atrofga qarayman: "Bu erda tahririyatga o'xshagan hech qanday bino ko'rinmayapti. Yana qo'ng'iroq qilib, anig'ini so'rasammikin? Ammo hadeb qo'ng'iroq qilaverish ham noqulay. SHunda bir zum kallamda balki ortga qaytib ketsammikin degan fikr kelgan. Yo'q, yana bitta qo'ng'iroq va manzilning anig'ini topib olaman. Aynan shundan keyin bir binoning ichidan sayt xodimlaridan biri Omonjon To'xtamirzaev chiqib keldi. U meni sayt ofisiga boshlab kirdi...

Nihoyat, "CA" ofisidaman. Sayt xodimlari ishlab o'tirishibdi. Hayajondaman. Hayajonlanganimdan xodimlar bilan salomlashish xayolga ham kelmabdi. Kutilganidek, sayt rahbari Nodir aka bilan suhbatlashdim. So'ngra olamsport.com sayti rahbari Kamoliddin Alimov kirib keldilar. Ular avval sinovdan o'tishim zarurligini, shundan so'ng ishga qabul qilinishim mumkinligini aytib o'tdilar. Ertasiga yana tahririyatga kelishimni, bir kundan keyin bo'lib o'tishi kutilayotgan "Sochi-2014"ga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarimizni kuzatish tadbiriga meni ham o'zlari bilan olib ketishlarini aytishdi. Ha, aytgancha, meni championat.asia saytiga emas, o'sha paytda yangi ochilgan olamsport.com saytiga sinovdagi xodim sifatida ishga olishgan. Men esa albatta bundan juda ham xursand edim... Bir oylik sinovdan so'ng esa olamsport.comda tajriba to'plab "CA" xodimiga aylanganman".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика