Aziz To'xtaboev: "Seriyada beshtalikdan keyingi zarbalarni futbolchilarning o'zlari hal etishdi"
25 iyu 2019 21:54
Yangiliklar


Aziz To'xtaboev: "Seriyada beshtalikdan keyingi zarbalarni futbolchilarning o'zlari hal etishdi"
O'zbekiston kubogi 3-bosqich “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Aziz To'xtaboev qatnashdi.
- O'yin hujumkor ruhda o'tdi. “Qizilqum”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. O'yinni issiqda bo'lgani ham 1-taymda biroz xalaqit berdi . Hisobda oldinga chiqib olgach, biroz xotirjamlikka berildik.Penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi. Bu lotoreya. Penalti tepadigan dastlabki beshtalikni men yozib bergandim. Keyingi zarbalarni futbolchilarning o'zlari hal etishdi. Biz bugun o'yinni penaltilar seriyasigacha olib bormaslikni maqsad qilgan edik. Oldinda bizni “Paxtakor” bilan o'yin kutib turgani bois bugungi bahs taqdirini asosiy vaqtda hal qilishni maqsad qilgandik.
Quvondiq Ro'zievning zaxiradan maydonga tushirganimning bois aynan “Paxtakor” bilan uchrashuv oldidan unga biroz dam berishni lozim topgandim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar