Aziz To'xtaboev: “Kanchelskis? Bilmayman”
07 iyu 2019 20:54
Yangiliklar
Aziz To'xtaboev: “Kanchelskis? Bilmayman”
Avvalambor bugungi issiq ob-havoda maydonga tushgan futbolchilariga rahmat. Muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilarimiz bugun birinchi davraning so'nggi o'yini bo'lgani bois borlarini berib harakat qilishdi. Tanaffusga chiqish oldidan muxlislarimizga xush kayfiyat taqdim qilgan holda chiqishni maqsad qilgan edik.
“O'lim” guruhidan 1-o'rin bilan chiqqanimiz yoqimli holat bo'ldi.
Keyingi bosqichda bizga kim raqib bo'lishining ahamiyati yo'q. Kuchliroq raqib bilan o'ynashga ham tayyormiz. Kuchli raqiblar bilan bo'ladigan o'yinlar futbolchilarga katta tajriba maktabi bo'ladi.
Davralar oralig'ida tarkibimizda bir qator o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Safimizga yangi o'yinchilar kelib qo'shilishadi. Jamoadan ketadigan o'yinchilar ham bo'lishi mumkin.
Ikkinchi davrada yaxshi natija ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilamiz. Jamoamiz inqirozdan chiqib ketish uchun borimizni beramiz.
Maqsadimiz Qo'qon futbolining rivojiga katta hissa qo'shish.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andrey Kanchelskisni jamoamizga kelishi borasida gap so'zlar yuribdi. Jamoamiz rahbariyati jamoaga yangi murabbiy kelishi haqida hech qanday gap aytishmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar