So’nggi yangiliklar

13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5

Aziz To'xtaboev: 3-o'rin “Qo'qon-1912” uchun yaxshi natija” Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: 3-o'rin “Qo'qon-1912” uchun yaxshi natija”

“Qo'qon-1912” bu yilgi chempionatni 3-o'rinni egalladi. Aytish kerakki, bu natija qo'qonliklar uchun qoniqarli natija bo'ldi.

Boisi oxirgi yillarda moliyaviy muammolar tufayli jamoa hattoki birinchi ligada ham arang ishtirok etib kelayotgandi. Joriy mavsumda esa moddiy jihat ijobiy tomonga o'zgargach, jamoa poydevori mustahkamlana boshladi.

 “Qo'qon-1912”ning mavsum-2013da bronza medalini qo'lga kiritishida etakchi futbolchilarning o'rni katta bo'ldi. Ayniqsa hujumchi Aziz To'xtaboev bu borada boshqalardan ajralib turdi. Ishqibozlar guruhi ham ushbu futbolchini “Eng yaxshi futbolchi” deb topdi.

SHu bois To'xtaboev bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Aziz aka, bu yilgi chempionatda jamoangiz 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Umuman ortda qolgan mavsum haqida nima deysiz?

- Darhaqiqat, bu yilgi mavsumda bronza medalini qo'lga kiritdik. Buni ijobiy natija desa bo'ladi. Nazarimda qo'qonlik muxlislar ham bundan qoniqdi. SHu bois ortda qolgan mavsum jamoamiz uchun omadli bo'ldi. Ochig'i, chempionat avvalida 3-o'rinni egallashimizga ishonmagandik. Sababi o'sha paytda klub moliyaviy jihatdan u qadar barqaror emasdi. Vaqt o'tgan sayin bu borada sharoitlar ijobiy tomonga o'zgara boshladi va klubimiz rahbarlari va homiylarning katta etibori tufayli o'yinimizda ham o'sish ko'zga tashlana boshladi. Kezi kelganda, klubimiz homiylari va klub mutasaddilariga yuqori etibor uchun jamoadoshlarim nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.

- CHempionatda qaysi jamoaga qarshi kechgan o'yinlar “Qo'qon-1912” uchun qiyin o'tdi deb hisoblaysiz?     

- (Kulib) “Andijon”ga qarshi bahslarga oson bo'lmadi. Safarda ham o'z maydonimizda qiynaldik.

- Bu yil klub tarkibida asosan mahalliy futbolchilar harakat qilganiga guvoh bo'ldik...

- Ha, murabbiylar shtabi asosan o'zimizda etishib chiqqan o'yinchilarni jamlab yaxlid jamoa shakllantirishdi. Bir qator yoshlar bor. SHuningdek tajribali futbolchilar ham o'ynadi. Ularning ketidan mahalliy yoshlar ham asta-sekin o'sib boradi deb o'ylayman.

- Keyingi yil uchun endi yana qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak?

- Buni avvalo murabbiylar hal qiladi. Menimcha bo'lajak mavsumga yarim himoyani kuchaytirish lozim. Bu yil markaziy yarim himoyamizda muammo ko'zga tashlanib qolgandek tuyuldi.

- Adashmasak, klub bilan tuzgan shartnomangiz ham bu yil poyoniga etadi. To'g'rimi?

- Ha, amaldagi bitim shu yilning oxirida o'z kuchini yo'qotadi.

- Oliy liga jamoalaridan chorlovlar bo'lmadimi?

-  Takliflar ham yo'q emas. Lekin “Qo'qon-1912”dan ketishim borasida hozir sizga aniq bir nima deya olmayman. Sababi keyingi yilda jamoa oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'yiladi degan gaplar bor. Agarda voqealar rivoji shunday kechsa, u xolda jamoada qolib, qo'limdan kelganicha yordam beraman.

- Darvoqe, qo'qonlik muxlislar talqini bo'yicha ham joriy mavsumda “Qo'qon-1912”ning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topildingiz. Bunday etibor har qanday futbolchi uchun qo'shimcha kuch bag'ishlasa kerak?

- Albatta, muxlislar meni bunga loyiq ko'ribdimi, bundan juda xursandman. Avvalo biz maydonga ishqibozlarni xushnud etish uchun chiqamiz. Yana shuni ham qo'shimcha qilishni istardimki, qo'qonlik fanatlar doimo stadionga tashrif va qo'llab quvvatlash borasida birinchi o'rinda! Bu yilgi statistikaga ham etibor qaratadigan bo'lsak, jamoamiz fanatlari 1-o'rinni egalladi. Biz futbolchilar keyingi mavsumda ham ularni hujumkor o'yin bilan xursand etishga harakat qilamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.    

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика