Aziz Ibragimov: “Tatilni Pragada o'tkazyapman”
13 dek 2015 09:34
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: “Tatilni Pragada o'tkazyapman”
Yakuniga etgan mavsumning birinchi qismini “Dinamo”da o'tkazib, keyinchalik “Buxoro”ga ko'chib o'tgan Aziz Ibragimov ayni damda xorijda bo'lib turibdi.
Aniqrog'i u CHexiyada ekanligi malum bo'ldi.
- Og'ir kechgan mavsumdan so'ng tatilni yuqori darajada o'tkazishni o'yladim. Ayni damda Pragada oilam bilan dam olyapman. Hozircha kelgusi taqdirimni qaysi jamoa bilan bog'lashimni aniq ayta olmayman. “Buxoro” ham kelasi yil o'zida olib qolishni istamoqda. Klub rahbariyati bilan kun-ora gaplashib turamiz. Lekin yakuniy qarorga kelganim yo'q. Balki bu masala yangi yilga qadar oydinlashib qolar. Faoliyatimni yana xorijda davom ettirish niyatim ham yo'q emas. Bu borada takliflar bor. Ammo hozircha aniq to'xtamga kelib ulgurmadim. O'zbekistonga qachon qaytishimni ham bilmayman – deydi Ibragimov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar