Aziz Ibragimov: “Gollarim jamoamga yordam berganidan xursandman”
30 may 2016 10:05
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: “Gollarim jamoamga yordam berganidan xursandman”
“Buxoro” - “Navbahor” jamoalari uchrashuvi (3:2) yakunlangach, buxoroliklar yarim himoyachisi, uchrashuvda “dubl” qayd etgan Aziz Ibragimovning o'yin haqidagi fikri bilan qiziqdik.
- Bugungi g'alaba bilan barcha “Buxoro” muxlislarini tabriklayman, - deydi Ibragimov. - Uchrashuv nihoyatda qiyin kechdi. “Navbahor” jamoasi ham ushbu o'yinga uch ochko uchun kelishganligi ularning hujumkor o'yinidan bilinib turdi. O'ylaymanki o'yinni o'z foydamizga hal etib, muxlislar oldida yuzimizni yorug' qildik. Ayniqsa uchrashuvda dubl qayd etib, komandaga yordam berganimdan xursandman. Kiritgan gollarim uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
To'g'ri to'pga egalik qilishda vaziyat mehmonlar tomonida bo'ldi. Ammo futbolda to'pga ko'p ega chiqqan jamoa emas, vaziyatlardan foydalanib, gol kiritgan jamoa g'olib bo'ladi. Qolaversa, jamoamizda toliqish sezildi. Balki “Paxtakor” bilan kubok doirasida o'tkazilgan o'ta qiyin ikki uchrashuvda ko'p kuch yo'qotgandirmiz. Keyingi o'yinlargacha ushbu charchoqni tarqatib, yana o'z “forma”mizni tiklashga va muxlislarga ular kutgan chiroyli o'yinlarni tuhfa etishga muvaffaq bo'lamiz, - deydi futbolchi.
“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.

Fikrlar