Aziz Ibragimov: “Andijon” oliy ligada qolganidan xursandman, lekin pulimni berishmaganidan xafaman”
02 dek 2014 12:21
Yangiliklar
Aziz Ibragimov: “Andijon” oliy ligada qolganidan xursandman, lekin pulimni berishmaganidan xafaman”
Osiyo Kubogi-2007da o'z o'yinlari orqali xalqqa tanilgan Aziz Ibragimov joriy mavsumning ikkinchi yarmini “Andijon”da o'tkazdi.
Hujumkor yarim himoyachi faoliyati davomida Slovakiya, CHexiya, Xitoy chempionatlarida ham o'zini sinab ko'rdi. Ibragimov terma jamoada oxirgi marta 2011 yili o'ygandi va shundan beri chaqirilmayotgandi. Mana endi Mirjalol Qosimov unga yana imkoniyat berib, yig'inga jalb qildi. Bizda esa shu munosabat bilan Azizdan intervyu olish fikri tug'ildi. Suhbat davomida toshkentlik futbolchi “Andijon”dan xafa ekanligini aytib o'tdi.
- Anchadan beri milliy terma jamoaga chaqirilmagandingiz. Taassurotlar qanday?
- To'g'ri aytdingiz, uzoq vaqtdan beri terma jamoadan chaqiruv olmagandim. Oxirgi marta Osiyo Kubogi-2011da ishtirok etganimdan beri termak jamoadan uzoqda qolib kelayotgandim. Mana endi mavsum yakuniga etganidan so'ng ilk yig'inga meni ham taklif etishdi, buning uchun Mirjalol Qosimovga katta rahmat aytmoqchiman. Bilasiz, ikkinchi davrani “Andijon”da o'tkazdim. Menimcha, O'zbekiston oliy ligasiga qaytishim ham terma jamoaga yana qaytishimga sababchi bo'ldi.
- Boshida hayajon bo'lgandir?
- Albatta, hayajon bo'ldi. CHunki terma jamoaga kelganimda futbolchilarning ko'pchiligi yangi bolalar ekan. Ular bilan shu erda ko'rishib tanishdim. Qolaversa, salkam to'rt yil deganda birinchi bor yig'inga chaqirildim, bu ham hayajonga sabab bo'ldi.
- Terma jamoada muntazam o'ynab kelgan futbolchi birdaniga uch yil chaqirilmay qolsa, o'zini qanday his qiladi? Har holda siz buni boshdan o'tkazdingiz.
- SHaxsan menga juda qattiq tasir qilgani aniq. Balki o'yinimda pasayish yuzaga kelgandir yoki men o'ynayotgan chempionat borasida murabbiylarda malumot kam bo'lsa kerak deb ko'p o'yladim. Lekin terma jamoada o'ynashni har doim xohlaganman. CHet elda ekanligimda internet orqali kimlar taklif etilgani-yu, o'yinlarda qanday hisob qayd etilgani xususida doim o'qib borardim. Nasib qilgan ekan, yana chaqirishdi va murabbiylarning ishonchini oqlash uchun qattiq ishlayapman. O'ylaymanki, Osiyo chempionatiga borish menga ham nasib qiladi.
- Terma jamoa eshigi barcha uchun ochiq degan gap bejiz emas. Hatto oliy ligada qolish uchun kurash olib borgan klub safida o'ynab ham termaga taklif etilish mumkin ekan, to'g'rimi?
- Menimcha, terma jamoaga chaqirayotganda murabbiylar jamoa natijalariga emas, balki futbolchining individual harakatiga qarab taklif etishadi. Garchi “Andijon” oliy ligadan tushib ketib, keyinchalik yana olib qolingan bo'lsa-da, yomon o'yin ko'rsatdi deya olmayman. Biz oxirigacha kurashdik. CHexiyada ekanligimda men bilan andijonliklar telefon orqali bog'lanib, klubga taklif qilishgandi. Men shunaqa insonman: vada berdimmi, bajarishga harakat qilaman. O'shanda vada berib qo'yganim uchun ikkinchi davrada “Andijon”ga keldim. Endi men o'z vadamning ustidan chiqdim, biroq klubdagilardan hozircha sado chiqmayapti.
- Klubning vadasini bajarmayotgani pul bilan bog'liq bo'lsa kerak-a?
- Ha, shunday. “Andijon” birinchi ligaga tushib ketgan bo'lsa-da, O'FF rahbarining say-harakatlari tufayli jamoaning oliy ligada olib qolingani meni qanchalik xursand qilgan bo'lsa, pulimni berishmayotganidan shuncha xafaman.
- Mukofot pullarini qo'ya turaylik, nahotki oyliklar ham haligacha hisob-kitob qilinmagan bo'lsa?
- SHu klubga kelganimdan beri bitta oylikni va ko'tarma pulidan ozroq qismini o'tkazib berishdi. Hali sentyabr, oktyabr uchun oylik maoshlarni olganimiz yo'q. Yaqinda shunaqa gap eshitdim: Mirabror Zufarovich Andijonga borib keldilar, endi buyog'iga o'zgarishlar bo'ladi. Ammo o'zgarishdan hech darak ko'rinmayapti. Hamma kutish bilan ovora.
- CHet el klublarida o'ynab hech shunaqa vaziyatga duch kelganmisiz? Hatto birinchi ligada ham to'p tepgansiz.
- CHet elda ham oylikni vaqtida bermaslik hollari uchrab turadi, lekin bu muddat ko'pi bilan ikki hafta yoki bo'lmasa 20 kunga cho'zilishi mumkin. Har holda ikki-uch oylab pul bermaslik kuzatilmaydi.
- Terma jamoaga yig'ilgan hozirgi tarkibdan o'z vaqtida siz bilan o'ynagan futbolchilar kamchilik qolgandir?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, men unchalik tanimaydigan futbolchilar ko'proq ekan. O'zim bilan birga to'p surganlardan Ignatiy Nesterov, SHavkat Salomov, Lutfulla To'raev, Kamoliddin Murzoev, Jasur Hasanov, Islom To'xtaxo'jaev singari o'yinchilar qolgan.
- Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov, Igor Sergeev singari nomlar siz uchun yangi bo'lsa kerak. Bu o'yinchilar haqida “Andijon”ga kelmasdan oldin eshitganmidingiz?
- Internetni tez-tez kuzatib borganim uchun bu o'yinchilarni shaxsan tanimasam-da, nomini eshitgandim. Lekin oliy ligaga qaytgach, ularni ko'rdim va o'yinlari iliq taassurot qoldirdi.
- Agar Osiyo Kubogiga boradigan tarkibdan joy olsangiz, bu siz uchun kutilmagan yangilik bo'ladimi?
- Bu endi futbolchining o'ziga bog'liq. Agar mashg'ulot va o'rtoqlik bahslarida o'zimni ko'rsata olsam, o'ylaymanki, murabbiylar meni ham ro'yxatga kiritishadi. Yig'inda ishtirok etayotgan har bir futbolchining maqsadi bitta: o'zini ko'rsatib, chempionatga boradigan tarkibga kirish. Boshqalar qatori mening ham maqsadim shu: Avstraliyada o'tadigan qita birinchiligiga borishni juda-juda xohlayman va buning uchun astoydil harakat qilaman.
- “Andijon”dagi qisqa muddatli faoliyatdan qanday xotiralar qoldi?
- Qo'ldan kelgancha o'z o'yinim bilan jamoaga yordam berdim deb o'ylayman. Uchta gol urdim, bir nechta to'p uzatishlarni amalga oshirdim. Men to'p kiritgan o'yinlarda “Navbahor” bilan “Qizilqum”ni mag'lub etdik. Faqat “Mashal”ga qarshi omadimiz kelmadi. Ammo jamoaning oliy ligadan tushib ketganidan rosa xafa bo'ldim. Boshqa tomondan esa klubni elitada olib qolish uchun etarlicha etibor bo'lmadi.
- Lekin jamoa tushib ketgani bilan baribir olib qolindi.
- Buning uchun avvalo Mirabror Usmonovga rahmat aytish kerak. SHu kishi imkoniyat bermaganida klub olib qolinmasdi. Kelasi yildan boshlab elitada 16ta jamoa bo'ladi. SHu tufayli ham olib qolindi. Lekin baribir sport tamoyillariga ko'ra, klubning birinchi ligaga tushib ketgani menga qattiq tasir qildi.
- Hisoblab ko'rsak, sakkiz yildan beri O'zbekiston chempionatida o'ynamagan ekansiz. 2005-2006 yilgi chempionatlar bilan taqqoslaganda hozirgi oliy liganing saviyasi sizga qanday ko'rindi?
- Ancha o'sish borligini sezdim. O'sha yillari bizda legionerlar bunchalik ko'p emasdi. Hozir esa oliy liganing har bir klubida legioner o'ynayapti. CHempionlik uchun deyarli oxirigacha kurash kechdi, o'rtamiyona jamoalarning ochkosi bir-biriga juda yaqin.
- Lekin nima uchundir biz o'yinlarga borib keskin kurashni ko'rmadik. Aksariyat bellashuvlar zerikarli kechdi.
- Bu bizda haliyam texnik futbol birinchi o'ringa qo'yilayotganidan bo'lsa kerak. O'zim Evropada o'ynab shunga guvoq bo'ldim: u yoqlarda jismoniy kurash birinchi planga chiqadi. Bizda esa hamon texnik futbol o'ynalmoqda. SHu bois kurashlar deyarli ko'rinmaydi.
- Oliy ligada birdaniga o'ynab ketish siz uchun qiyin tuyuldimi?
- To'g'risini aytsam, umuman qiynalganim yo'q. Evropa futbolida to'p sizga kelib tushgani hamon atrofingizni raqib o'yinchilari o'rab olishadi va qaror chiqarish uchun vaqt kam bo'ladi. Bizda esa masalan to'p menga tushsa, o'ylash uchun ikki-uch soniya ko'proq vaqt bo'ladi.
- “Andijon” tarkibida siz maydonga tushgan o'yinlarda sizlarga qarshi to'p tepgan jamoalarning haqiqatdan ham kuchli ekanligi ko'rindimi?
- Biz uchun har bir o'yin qiyin kechdi. Oliy ligada qolish uchun kurash borgan jamoaga hech qaysi bahs oson bo'lmadi, shu jumladan o'zim uchun ham. Tarkibimiz yomon emasdi, lekin bizga ozgina vaqt va etibor etmadi.
- Murabbiylar almashgani nimadir plyus olib keldimi?
- Har bir murabbiy o'z imkoniyatidan kelib chiqib klubga yordam berishga harakat qildi. Agar birorta daraxt eksangiz, u birdaniga meva bermaydi. Futbolda ham shunday: jamoani yuqoriga olib chiqish uchun yillar kerak bo'ladi. Sergey SHevchenko kelgach, uning taktikasiga ko'nikishni boshlagandik, lekin nimagadir u kishi ketib qoldi. Keyin Orif Mamatkazin bilan ishlay boshladik. Ammo oradan ko'p o'tmay yana murabbiy o'zgardi va mavsumning oxirgi turlarini Edgar Gess qo'l ostida o'tkazdik. Menimcha, shular ham tasir ko'rsatdi.
- Aytaylik, futbolchi klubdan ikki-uch oylab pulini ololmayapti. Bu vaziyatda qanday yo'l tutish kerak?
- Bu o'rinda ishonch katta rol o'ynaydi. Futbolchi faqat futbol o'ynab oilasini boqadi. To'g'ri, mag'lubiyatlar bo'ldi, jamoa birinchi ligaga tushib ketdi, lekin bu hayot. Sportda hammayam medal olavermaydi. Rahbarlarga pul haqida gap ochsangiz, sizni eshitishniyam xohlashmaydi, ko'pincha telefonlarni o'chirib qo'yishadi. Boshqa raqamdan qo'ng'iroq qilsangiz, kechirasiz, men hozir yig'ilishdaman, keyinroq o'zim chiqaman deb gapni qisqa qilishadi va qaytib telefon ham qilishmaydi. SHunday bo'lgach, nima qilish kerak? Ilojsizlikdan O'FFga murojaat qilasiz.
- Klub pullarimni bermadi deyapsiz. Nahotki bosh murabbiy vaziyatga aralashib, futbolchilarga yordam bermayotgan bo'lsa? Axir hech bir murabbiy o'yinchilarsiz natijaga erisha olmaydi.
- To'g'ri aytdingiz, futbolda natija ko'rsatish uchun murabbiy va futbolchilar bir-biriga bog'liq bo'ladi. Busiz iloji yo'q. Lekin chempionat tugaganidan beri men hali bosh murabbiy futbolchilarni himoya qilib rahbariyatga chiqibdi degan gapni eshitganim yo'q. Qolaversa, bunga ko'p ham etibor bermayapman, hozir bor o'y-fikrim to'liq milliy terma jamoaga qaratilgan. Maqsadim, Osiyo chempionatida ishtirok etish, shu bois boshqa ishlar bilan chalg'ib qolishni xohlamayman.
- Vaziyat shunaqa bo'lsa, klubdan ketsangiz kerak?
- Ha, bu aniq. “Andijon”da boshqa qolmoqchi emasman.
- O'tgan sakkiz yil ichida oliy ligamizda tashkiliy ishlarni hal qilish bo'yicha katta o'zgarishlar bo'lganmi?
- Klublar bundan sakkiz yil oldin tashkiliy muammolarni qanday hal qilgan bo'lishsa, hozir ham shundayligicha qolgan. Bu borada katta o'zgarish ko'rmadim. Masalan, safar o'yinlariga borish tartibi oldin qanday bo'lsa, hozir ham shundayligicha qolgan.
- Oliy ligaga qaytish yana chetga chiqish borasidagi imkoniyatlarni pasaytiradimi?
- Bunday deb o'ylamayman. Men istalgan paytda yana CHexiya chempionatiga qaytib borishim mumkin. Negaki o'z vaqtida CHexiyadan Xitoyga borganimda ham keyin yana CHexiyaga qaytgandim. O'ylaymanki, Pragada ko'pchilik meni taniydi va o'zimga jamoa topishim qiyin kechmaydi.
- Hozir bizdan ko'pchilik Malayziyaga oshiqyapti. Bu borada nima deya olasiz?
- Malayziyaga aksariyat o'yinchilar pul ishlash uchun yo'l olishyapti, vaholanki u erda chempionat kuchli emas. Lekin boshqa tomondan futbolchining faoliyatini uzoq davom etmaydi va u ham oilasini boqishi kerak, shu bois chetga ketishni maqul ko'ryapti. Bu borada hammaning o'z fikri bor deb o'ylayman.
- Qaysi chet tillarni bilasiz?
- Ruscha va inglizchadan tashqari slovak, chex tillarini bilaman. Bundan tashqari, turmush o'rtog'im ukrainalik bo'lgani uchun ukrain tilini ham bilaman.
- Sizningcha, oliy liganing eng yaxshi futbolchisi kim?
- O'zim o'yinini ko'rmagan bo'lsam-da, Jamshid Iskanderov haqida ko'p yaxshi gaplarni eshityapman. Menimcha, shu o'yinchi oliy liganing eng kuchli futbolchisi bo'lsa kerak.
- Suhbatimiz oxirida shu darajaga etishingizga katta hissa qo'shgan murabbiylarni aytib o'tsangiz?
- Oliy ligaga Vadim Abramov tufayli kirib kelganman. O'shanda “Traktor” oliy ligadagi mening ilk jamoam bo'lgandi. Umuman futbolga kirib kelishimga Baxtiyor Nuraliev sababchi bo'lgan. Keyinchalik Anvar O'runov “CHilonzor” jamoasida menga saboq bergan. Terma jamoada o'ynab ketishimga esa Rauf Inileevning hissasi katta.
- Aziz, suhbat uchun rahmat. Keyingi ishlarga omad tilab qolamiz.
- Sizga ham rahmat.
Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.

Fikrlar