So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Aziz Haydarov: "Samvel Babayan bilan ishlayotganimiz uchun shukrona aytamiz" Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Samvel Babayan bilan ishlayotganimiz uchun shukrona aytamiz"

O'zbekiston - KXDR (3:1) uchrashuvidan keyin Aziz Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

"KXDR terma jamoasi kutilganidek tajovuzkor futbol namoyish etdi. Uchrashuv debyutida o'z uslublarida tezkor gol kiritishdi. Lekin o'yinning qolgan qismida tashabbusni o'z tomonimizda og'dirib oldik va irodali g'alabani qo'lga kiritdik. Bu bilan o'zbek xalqiga quvonchli onlarni taqdim etdik. Bundan juda xursandmiz. KXDR terma jamoasini qanday o'ynashini oldindan bilardik. Murabbiylar shtabi ularning o'yin uslubini juda sinchikovlik bilan o'rganishdi va bizga etarli malumotlarni berishdi. Raqibni juda yaxshi o'rganganimiz bizga qo'l keldi. KXDR asosan uzun paslar orqali o'ynashadi. Ularning bugungi rejalarini biz buzib qo'ya oldik. Murabbiylarimizga, muxlislarimizga rahmat aytamiz. Bugun stadionni to'ldirib o'tirgan ishqibozlar bizning haqiqiy 12-o'yinchimiz bo'la olishdi. Ularning ko'magi butun uchrashuv davomida bizga yordam berdi. Biz bu g'alabalar bilan to'xtab qolmaymiz va oldimizda hali ko'plab uchrashuvlar turibdi. Biz o'z maqsadlarimiz yo'ldi olg'a intilamiz va muxlislarimizni xushnud etishga astoydil harakat qilamiz", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Aziz Haydarov.

- Tanaffus paytida Samvel Babayan sizlarga qanday ko'rsatmalar berdi?
- Bosh murabbiyimiz kim qaerda xato qilayotganini aytib o'tdi. SHuningdek, tegishli ko'rsatmalarni berib, barcha futbolchilarni ruhlantira oldi. Samvel Babayanning topqirligi tufayli ikkinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib oldik. Aleksandr Geynrix ikkinchi bo'limda maydonga tushib jamoamiz uchun juda muhim bo'lgan golni kiritdi. Keyinchalik Odil Ahmedov g'alabani mustahkamlagan golni urdi. Bularning hammasi mehnatlar evaziga bo'ldi. Samvel Babayanga har bir futbolchi nomidan katta rahmat aytaman. Bizda nafaqat istedodli futbolchilar, balki istedodli murabbiylar ham ko'p. Samvel Babayan juda istedodli murabbiy sanaladi. Biz aynan Samvel Babayan bilan ishlayotganimiz uchun shukrona aytamiz. Bu borada omadimiz chopdi.

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика