So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Aziz Haydarov: "Men Kuperga ishonaman" Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Men Kuperga ishonaman"

Kecha bo'lib o'tgan Turkmanistonga qarshi bahs hamda qo'lga kiritilgan yirik g'alaba millionlab yurtdoshlarimizni xursand qildi.

Hammamiz o'yinni katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qildik. Ayni paytda juda ko'pchilik terma jamoamiz haqida iliq fikrlarni bildiryapti. "Lokomotiv" tarkibida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Azizbek Haydarov ham o'yindan so'ng bergan intervyusida o'z xursandchiligini yashirmadi.  

- O'yin haqida qisqacha fikringiz?
- Bugun juda ajoyib uchrashuv guvohiga aydlandik. Birinchidan, qo'lga kiritilgan g'alaba bilan butun O'zbekiston xalqini tabriklayman. Ikkinchidan, men avvalgi intervyumda ham aytgandim: jamoamiz o'yindan o'yinga o'sadi deb. Bugun shuni amalda ko'rdik. Ummon bilan bahs musobaqaning ilk uchrashuvi bo'lgani bois bosim va hayajon bor edi. Balki shunga o'yin qovushmagan bo'lishi mumkin. 

Lekin ikkinchi bellashuvda hamma birdek yaxshi harakat qildi. Lekin bosh murabbiyga baho berishga hali erta. Ektor Kuper endi ikkita rasmiy o'yin o'tkazdi. Nasib qilsa, hali g'alabali onlar ko'p bo'ladi. SHu o'rinda bir narsani iaytib o'tishni xohlardim, bugungi natijadan kelib chiqib bizda hammasi super deyish noto'g'ri. Muhimi, g'alabadan rohatlanib ketmaslik kerak. Keyingi o'yinlarda murabbiyning haqiqiy kuchini ko'ramiz. SHaxsan men Kuperga ishonaman.  

- Sizningcha, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim bo'ldi?
- Butun jamoani aytgan bo'lardim. Lekin yosh ukalarimiz Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov va Eldor SHomurodovlarga alohida rahmat aytsa arziydi. Umuman olganda hamma besh bahoga loyiq harakat qildi.  

- Yaponiyaga qarshi bahsdan nima kutyapsiz va imkoniyatlar haqida?
- To'g'risini aytsam, faqat g'alaba kutyapman. Bilamiz, Yaponiya juda kuchli, biroq bugungi kun futboli shuni ko'rsatyaptiki, istalgan jamoa istalgan raqibga qarshi o'ynay olyapti. SHu bois men terma jamoamizga ishonaman. O'ylaymanki, futbolchilar Yaponiyaga qarshi yanada chiroyli futbol namoyish etishadi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика