So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  18 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  14 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  5 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  30 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

Aziz Haydarov hech qaerda oshkor qilinmagan haqiqatlarni gapirdi - "Rostov" va "Al SHabab" o'rtasidagi taklif qay tariqa g'alati hal etilgani haqida Yangiliklar

Aziz Haydarov hech qaerda oshkor qilinmagan haqiqatlarni gapirdi - "Rostov" va "Al SHabab" o'rtasidagi taklif qay tariqa g'alati hal etilgani haqida

Kuni kecha taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanali orqali futbolchilik faoliyatini tugatgan Aziz Haydarovga oid bazi qiziqarli malumotlarni taqdim etdi.

Nikimbaev Haydarovning futbolchilik faoliyati qanday boshlanganini eslab quyidagilarni yozdi:

"18 yoshli Aziz Haydarov Ikkinchi liganing "CHilonzor" jamoasida o'ynab yurgan kezlarida, 2003 yilning noyabr oyida "Lokomotiv" klubida ko'rikda bo'ladi. Lekin bu Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi emas, balki Moskva klubi edi. Kuchli chaqiruv bo'lgan. O'shanda negadir Oliy ligadagi jamoalarimiz murabbiylari nazariga tushmagan Haydarov o'zini kuchini sinab ko'rish uchun Rossiyaning grand jamoasi tomon yo'l oladi.

Ochig'ini aytganda, mening o'zim ham bunday futbolchi borligi haqida tasodifan bilgandim. 2003 yili noyabr oyida Moskvada hakamlar xotirasiga bag'ishlangan "Nikolay Latishev" turniri bo'layotgandi va unda O'zbekiston terma jamoasi qatnashgan. Aynan o'sha turnirda menga Haydarov haqida va uning Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi ko'rigida bo'lgani aytilgan. Afsuski o'shanda Aziz Haydarov ko'rikdan o'ta olmagan va ortga qaytgandi. O'shandan so'ng uning oilasining boshini og'dirib, soxta agentlar Haydarovga Qozog'istondan shartnoma taklif qilishgan. Eng qizig'i, bu Qozog'istonning elit jamoalari ham bo'lmagan. 2000 yillar boshida ko'plab futbolchilarimiz Qozog'iston chempionatiga yo'l olishdi.

Ko'pchiligi o'sha mamlakat pasportlarini ham olishgandi. Bazilarining esa yoshlari kichraytirilgan, Jasur Narziqulov esa umuman ismini ham o'zgartirib yuborgandi. Agarda o'shanda Haydarov Qozog'istonga ketib qolganida, terma jamoamiz shunday futbolchini butkul yo'qotishi mumkin edi. O'shanda vaziyatga federaciyaning o'sha paytdagi rahbariyati aralashishiga to'g'ri kelgan. Baxtiyor Raximovning tavsiyasiga ko'ra Haydarovni Toshkentning "Lokomotiv" klubi ko'rikdan o'tkazgan. Yig'inda o'zini ko'rsatgan Aziz Haydarov "Loko" azosiga aylangan va 1,5 yildan keyin yoshlar terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etgan. 

Aziz Haydarovning mazkur tarixi yosh futbolchilarning xorijga o'tib ketishi doim ham yaxshilikka xizmat qilmasligiga misol bo'ladi", - deya Nikimbaev faoliyatini tugatgan Aziz Haydarov borasida kichik tarixni esladi.



Alisher Nikimbaevning mazkur postidan ilhomlangan Aziz Haydarov "championat.asia" saytiga murojaat qilib, bazi tuzatish va aniqliklarni kiritib, o'sha tarixga qo'shimcha kiritdi.

SHuningdek, Haydarov o'zining faoliyatiga doir bazi qiziq tarixlarni eslab, BAA chempionatiga qanday yo'l olgani va buni qay tariqa hal etgani haqidagi hech qaerda oshkor qilinmagan haqiqatlarni gapirdi. Aziz Haydarov uning "Lokomotiv" Toshkent klubiga o'tishida Baxtiyor Raximovning aloqadorligi bo'lmagani va Moskvaning hamda Toshkentning "Loko"siga borib qolishida Baxtiyor Saidovning xizmatlari katta bo'lganini takidladi. Quyida Aziz Haydarovning hech qaerda aytmagan haqiqatlarini etiboringizga havola etamiz:

- Nikimbaevning gaplarining ko'p qismi haqiqatga yaqin. Lekin shunday joylari borki,  men o'sha malumotlarga tuzatish va qo'shimchalar qilishni lozim topdim. CHunki buni mendan ko'ra yaxshiroq biladigan inson yo'q.  "CHilonzor" jamoasida o'ynab yurgan kezlarim yoshimda 17da bo'lgan. O'shanda "Umid nihollari" musobaqasi bo'lardi. Farg'onada o'tgan "Umid nihollari"da Toshkent jamoasi sharafini himoya qilganmiz. Bizni Baxtiyor aka Saidov shug'ullantirargan. Men "Umid nihollari"dan keyin futbolchilikni tashlamoqchi ekanligimni aytganimda, Baxtiyor aka Saidov bunga qarshilik qilib, futbolni tashlamasligim lozimligini aytgan: "Futbolni tashlama, senga yaqinda yaxshi variantlar chiqadi, men seni Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko'rikka yuboraman", degandilar.

Keyin men bilan bevosita muloqotda bo'lib, chamasi 10 kundan keyin istasang Qozog'istonning "Ordabasi" jamoasiga borib ko'rasan, yoqsa, o'sha klubga o'tasan dedilar. Men esa tabiiyki rozi bo'ldim. So'ngra yo'lga chiqdik. Haqiqatdan ham o'shanda 10 nafarga yaqin futbolchilar Qozog'iston tomon otlandik. Ochig'i, men yosh bo'lganim uchun hech kimni tanimaganman. Hammasi futbolchilar ekan. Ammo men ularni o'shanda tanimaganman. Qisqasi bordik, o'yinda maydonga tushdik. Men zo'r o'ynadim, gollar urdim. Keyin ortga qaytdim. Qolganlar nima qildi, qoldimi yoki yo'q, men bilmadim. Lekin men u erda qolmasligimni aytib, qaytib ketdim. CHunki jamoa darajasi menga maqul kelmadi. Qo'shimchasiga uydan, oilamdan uzoqlashgim kelmadi. So'ngra 2 oydan keyin Baxtiyor aka yana men bilan aloqaga chiqib, Moskvaning "Lokomotiv" klubiga yubormoqchi ekanliklarini aytdilar.

Rosti, o'shanda kulvorgim keldi. Baxtiyor akaga, men O'zbekiston klublarining yig'inidan o'tolmayapman, menga 1 hafta vaqt etmayapti, o'xshamayapti, dedim. Qanaqasiga Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga boraman, dedim. Baxtiyor aka menga hech qaerga ketib qolmasdan, qimirlamay o'tirishimni aytib ketdilar. Oradan 2 oy o'tgach oldimga kelib, pasportimni so'radilar. Men tinchlikmi aka desam, seni "Lokomotiv" klubiga ko'rikka yuboraman, Yuriy Syominning yordamchisi Boris Petrovich meni o'rtog'im bo'ladi dedilar. Pasportimni olib ketgach, ertasi kuni Moskvaga borib kelish chiptasi va qo'limga 300 AQSH dollari pul berdilar. Kerakli kiyimlarni sotib olgach Moskvaga yo'l oldim. Men o'shanda 3 oy "Lokomotiv"da bo'ldim. SHundan so'ng Yuriy Syomin va Boris Petrovich "Dinamo" Kievga o'tib ketishdi. Ularni o'rniga kelgan boshqa murabbiylar meni jamoada ko'rishni istashmayotganini aytib, hujjatlarimni qo'limga topshirishdi. SHundan so'ng ortga qaytdim.

Moskvadan qaytib kelgach 2 kundan so'ng Toshkentdagi MHSK stadionidagi keldim. O'sha erda yangi chiqqan "Lokomotiv" bilan "Metallurg" o'ynayotgandi. Men ham o'sha uchrashuvda "Loko" safida maydonga tushdim va 75 daqiqa o'ynadim. O'shanda Hikmat Hoshimov bilan ikkalamiz uchun butun umrga esda qolarli voqea bo'lgan. Men Hoshimovni burnilariga bexosdan tepib sindirib qo'yganman. Hozirgacha o'sha voqeani eslab kulishib turamiz. 

SHundan so'ng "Lokomotiv" klubining o'sha paytdagi prezidenti Bahodir aka Nazirov bilan shartnoma tuzgandim. Dastlab o'rinsobarlar tarkibida, keyin asosiy jamoa va shundan so'ng terma jamoadan chaqiruv oldim. Keyinchalik "Bunyodkor"ga o'tdim, so'ngra menda xorijga ketish imkoniyati paydo bo'ldi. Men bundan qanday foydalandim? O'shanda meni oldimda ikkita aniq taklif bo'ldi. Biri Rossiya, ikkinchisi BAA. 

Ikki o't orasida qolgandim. Murabbiylarim "Rostov" varianti maqulligini takidlashdi. Otam esa Birlashgan Arab Amirligiga yo'l olishimni maslahat berdilar. O'sha paytda biz milliy jamoamiz bilan Avstriyada yig'inda qatnashayotgandik. Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa azolari va shaxsan Karlenovich ham guvoh, men qaysi jamoaga o'tishimni maydon markazidan tepilgan to'p orqali hal etganman. Yani, maydon markazidagi yon chiziq ustidan to'pni darvozaning to'siniga tekkizsam BAA, tekkiza olmasam Rossiyaga yo'l olishimni aytib to'pni tepganman. Xudodan so'radim va nima bo'lsa bo'ldi deb to'pni o'rnatilgan chiziqdan tepdim. Abramov va terma jamoaning boshqa azolari guvohligida tepgan to'pim to'singa tekkan. Natijada men BAAning "Al SHabab" jamoasiga ketganman. Bu Xudo menga bergan yo'l bo'ldi deb o'ylayman.

To'g'risini aytish kerak, qaerga ketishimni maydon va to'p hal qilib berdi. Xudo shuni xohladi. O'ylaymanki, men bundan hech narsa yutqazmadim. Aksincha, juda ko'p narsalarni yutdim, deb o'ylayman. Yoshligidan amirliklarga ketdi, deydiganlarga qo'shilmayman. CHunki men o'sha erdagi faoliyatim orqali o'zim uchun juda ko'p narsalarni yutdim. Nima yutdim? Birinchi navbatda oilamni topdim. CHunki aynan oilam va farzandlarim menga kuch-quvvat beradi. Buning uchun Xudoga shukur qilaman. Eng katta yutgan narsam, bu o'sha erdagi bir do'stim sababchi bo'lib Xudoimni tanidim. Bu esa menga juda ko'p narsalarda yordam berdi. Xudo xohlasa kelgusi ishimda ham bu juda katta yordam beradi. Agarda hamma narsani o'z vaqtida qilib, hiyonat qilinmasa, Xudo baraka beradi. Umuman barcha ishda baraka bo'ladi. 

Biz hozir faqat Saudiya Arabistoni haqida emas, balki barcha raqiblarimiz, hamma narsa haqida o'ylashimiz kerak. Asosiysi, har bir bahsga futbolchilarni optimal holatda etib borishlariga yordam berishga harakat qilamiz. Qo'limizdan kelgan barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Nima kamchilik yoki etishmovchiliklarni to'ldiramiz. Xudo xohlasa xalqimiz orzu qilgan mundialga etishamiz. Buning uchun barchamiz birgalikda ishlab, birgalikda bunga erishamiz. Muhimi, o'zaro inoq bo'lib, bir-birimizga qayg'urib, ishqibozlik qilishimiz lozim bo'ladi. O'zaro do'st bo'lish kerak. Nima uchun? Xalqimizni xursand etish uchun albatta. Orzu, havas, niyat barchamizni birlashtirishi zarur. 

Bizning vazifa futbolchilarni sharoit va imkoniyat yaratish. CHunki ko'plab futbolchilarimiz, yaxshi saviya va darajaga chiqadiganlar aynan qiyin sharoitda ulg'ayib chiqadi. 

Ochig'i, men futboln qiyin sharoitda katta bo'lib chiqadigan futbolchilar uchun imkoniyat deb o'ylayman. Oilasi etishmovchilikdan iborat futbolchilar futbol orqali yorug'likka chiqishi mumkin. Bu ular uchun imkoniyat. Men bu gaplarim o'zimdan chiqib kelib aytmayapman. Buni menga ustozlarimiz aytib, o'rgatganlar. Aynan ustozlarimizni deb mana endi bizni el tanimoqda.

Xudo xohlasa barcha milliy terma jamoalarni ishini to'g'ri yo'lga qo'yishga harakat qilamiz. Barcha yoshdagi terma jamoalarni tashkil etamiz", - deya gapini tugatdi Aziz Haydarov.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina futbolchilik faoliyatini tugatgan Aziz Haydarov tez orada O'FAda terma jamoalarni boshqaradigan yangi bo'linmaga direktor etib tayinlanishi kutilmoqda.

Qayd etish kerakki, Aziz Haydarov BAA chempionatida eng ko'p muddat o'ynagan o'zbekistonlik va amirliklar chempionatida eng uzoq vaqt qolgan xorijlik futbolchi sifatida tarixga kirgan.

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика