So’nggi yangiliklar

23:28"Андижон" назорат ўйинида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  0 23:05Қирғиз Республикаси чемпиони Ўзбекистоннинг икки чемпиони билан ўйнайди  0 22:48Суперлига. 1-тур учрашувлари ўтказиладиган кунлар маълум қилинди  1 22:35ОКМК назорат ўйинида Хитой жамоасига мағлуб бўлди  1 22:12"Насаф" "Ал Шорта"га қарши ўйинни қайси стадионда ўтказади?  3 21:44Аморим А Серия жамоасига ўтди  4 21:19"Қайрат" ўзининг илк Чемпионлар Лигасида қанча ишлаб олди?  5 20:51БАА. "Ал Батеҳ" дуранг ўйнади, Азизжон Ғаниевдан гол!  2 20:37Интернетда "Реал"нинг келаси мавсум учун формаси тасвирлари пайдо бўлди  4 20:10"Лочин" 5 нафар футболчи билан шартнома тузди  1 19:48"Сўғдиёна" Шимолий Македония жамоасини ишончли ҳисобда ютди  1 19:20"Нефтчи" Болгария жамоасига имкониятни бой берди  1 18:59Жамшид Саидов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам қизиқарли мавсум бўлади"  2 18:34"Монако" Погба билан шартномани муддатидан олдин бекор қилиш имкониятини кўриб чиқмоқда  3 18:06"Арсенал" собиқ устози "Реал"ни бошқариши мумкин  22

Aziz Haydarov: "Dastlabki o'yindagi g'alaba muhim" Yangiliklar

Aziz Haydarov: "Dastlabki o'yindagi g'alaba muhim"

O'zbekiston terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Aziz Haydarovning Eron va KXDRga qarshi o'yinlar oldidan fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalambor barcha muxlislarga salom! Ikki kundan buyon JCH-2018ning ikkinchi saralash bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Mashg'ulotlarni yaxshi olib bormoqdamiz. Terma jamoa yig'iniga bazi futbolchilar chempionatni yakunlab kelishgan. Ayrimlar uchun esa chempionat o'rtasi kechmoqda. SHu boisdan o'yinchilar har xil holatda terma jamoa lageriga kelib qo'shilishgan. Murabbiylarimiz endi futbolchilarni holatini bir xil ko'rinishga keltirishga harakat qilishmoqda. Maqsad barchani jamlab, bitta umumiy kuchli jamoani tuzish. Ertaga (suhbat 9 iyun kuni bo'lib o'tgan) Eronga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan mashg'ulot bo'lib o'tadi va shunda murabbiylarimiz bu uchrashuvga tegishli ko'rsatmalarni berishadi. Video tafsilotlarni ko'rib chiqilganidan so'ng Eronga qarshi bellashuvga murabbiylarimiz qaysi taktikada o'ynashimizni malum qilishadi. Eron bilan bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvi orqali KXDRga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rib olamiz. Birinchi o'yinni g'alaba bilan boshlash juda muhim. Biz yangi marra sari ilk qadamni to'g'ri qo'ya bilishimiz kerak. Dastlabki bahsda g'alaba qozonsak qolgani biroz engillashadi. Yaxshi niyatlar bilan JCH saralash bosqichini boshlaymiz. Xudo xohlasa natijalarimiz yaxshi bo'ladi deb o'ylayman", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Aziz Haydarov.

"Ash SHabab"dagi kelgusi faoliyati xususida:

- Keyingi mavsumda ham "Ash SHabab"da qolaman. Klub bilan 2017 yilning so'nggiga qadar tuzilgan shartnomam amalda mavjud. SHartnomam oxirigacha ushbu jamoada qolsam kerak menimcha.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика