Aziz G'aniev olimpiya terma jamoasi bilan Dubaydagi musobaqada ishtirok etadi
05 noy 2019 16:30
Yangiliklar
Aziz G'aniev olimpiya terma jamoasi bilan Dubaydagi musobaqada ishtirok etadi
Bir necha kun davomida milliy terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etgan "Nasaf" yarim himoyachisi Aziz G'aniev bugundan olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga qo'shildi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 13-19 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoalar o'rtasida xalqaro turnirda ishtirok etadi. Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. SHuningdek, Iroq va Iordaniya U-23 terma jamoalarining ham ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Lyubinko Drulovich G'anievni Dubaydagi musobaqaga olib ketishni istagani uchun futbolchi OTJ mashg'ulotlariga qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston OTJ yanvar oyida Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Ushbu musobaqa orqali Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish imkoniyati mavjud.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar